So’nggi yangiliklar

01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  2 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  13

Ispaniya chempionati. Prevyu. "Espanol" - "Deportivo" Yangiliklar

Ispaniya chempionati. Prevyu. "Espanol" - "Deportivo"

Futbol muxlislari katta ishtiyoq bilan kutgan Ispaniya chempionati yangi yil tanaffusidan qaytmoqda.

Bugun, 6 yanvar, dunyoning eng kuchli futbolchilari harakat qiluvchi chempionat bahslari start oladi (boshqa chempionat vakillari muxlislarini hurmat qilgan holda). 

La Liganing 2017 yildagi birinchi uchrashuvida "Espanol" o'z uyida "Deportivo"ni qabul qiladi. Avvalgi mavsumda ushbu jamoalarning har ikki to'qnashuvida ham mezbon zafar quchgan.

Bu safar natija qanday bo'ladi, 9-pog'onani egallab turgan mezbonlar 15-o'rindagini taslim eta olarmikin, yoki 2016 yilni baland notada yakunlagan "Deportivo" safardan bir nimali bo'lib qaytadimi?

"Espanol" - "Deportivo" 00:45 (Toshkent vaqti)
Stadion: "Kornelya-El Prat" (Barselona).
Bosh hakam: Rikardo De Burgos.
O'zaro uchrashuvlar tarixi: +35 =23 -34 
To'plar nisbati: 132:122.


"Espanol"

Mavsumni o'ta omadsiz boshlaganiga qaramay, "Espanol" shhziga kelib, yaxshigina tezlik ola bildi va nafaqat autsayderlar "mahallasidan" chiqib ketti, balki evrokuboklarga "ko'z olaytira" boshladi. Oktyabr oyi boshidan to dekabr o'rtalariga qadar jamoa umuman mag'lub bo'lmadi. Kike Sanches Flores boshchiligidagi jamoa 10 ta o'yinning birortasida yutqazmadi. Ammo tan olish kerak, ularning 6 tasida durrang natija qayd etildi (6 g'alaba). Ushbu seriya "Kamp nou"da o'z yakuniga etdi. "Barselona" odatdagidek maydonda katta ustunlikka ega bo'ldi va "Espanol"ni 4:1 hisobida mag'lub etdi. Hisobga qaramasak va o'yinni obektiv tahlil qilsak, shubhasiz, murabbiyning ishi ko'rinmoqda. To'g'ri, jamoa yutqazdi, ammo maydonda tomoshabin o'sha yaxlit (bo'la olgan) jamoani ko'rdi. 

Avvalgi yilning ohirgi uchrashuvida "to'tilar" Kubok doirasidagi o'yinda "Alkorkon" jamoasini taslim eta olishmadi. Asosiy vaqtida g'olib aniqlanmagan bahsda, lotoreya, o'yindan keyingi penaltilar seriyasiga murojaat etildi va Segunda vakili omadliroq bo'lib chiqdi. 

Bugungi uchrashuvda jamoaga yordam bera olmaydiganlar: Viktor Sanches va Leo Baptistao (jarohatlangan).
So'roq ostida: Diego Lopes va Viktor Alvares.


"Deportivo" 

"Depor" aytib o'tganimizdek, chempionatning dastlabki qismini ko'tarinki ruhda o'tkaza olmadi. Yangi murabbiy, ispan futboliga befarq bo'lmagan muxlislar "Deportivo"ni o'tgan yoz Gaiska Garitano o'z boshqaruviga olganidan xabardorlar, qisqa vaqt ichida raqobatbardosh jamoa shakllantira olmadi. Malum vaqt La-Korunya vakillari xavfli zonaga ham tushib qolishdi. Bu esa tabiiyki, klub rahbarlari rejalariga kirmasdi. 

Murabbiyning kursisi qimirlay boshlagani haqida gaplar paydo bo'ldi hamki, Garitano shogirdlari g'alaba qozona boshlashdi. Birinchi jabrdiyda "Real Sosedad" bo'ldi (5:1), keyin "oq-ko'k" raglilar kimsan "Real Madrid" ustidan mehmonda zafar quchishga juda yaqin kelishgandi, ammo o'yin so'ngida qo'yib yuborilgan ikki gol reallashib borayotgan orzularni sarobga aylantirdi (2:3). 2016 yilni "Deportivo" "Osasuna" bilan bellashuvdagi g'alaba bilan yakunladi, keyin Ispaniya Kubogida "Betis" taslim etildi (3:1).

Bugungi uchrashuvda jamoaga yordam bera olmaydiganlar: Sanabria Laure va Karles Xil jarohatlangan)


Ikki g'alabaga qaramay, mehmonlar bir maromda o'yin ko'rsata olishmayapti va muntazam o'z darvozalaridan to'p olib chiqishmoqda. "Espanol" esa mehmonga kelganlarni xatolarini uncha-munchaga kechirmay qo'ygan va himoyada yomon o'ynashmayapti. "Espanol" favorit, lekin maydonda nima bo'ladi ko'ramiz, kuzatamiz... 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика