So’nggi yangiliklar

09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  3 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  0 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  3 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  2 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  31 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   40 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  24 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1

Ispaniya CHempionati. 33-tur. Eng muhim voqealar tahlili Yangiliklar

Ispaniya CHempionati. 33-tur. Eng muhim voqealar tahlili

Ispaniya CHempionati nihoyasiga yaqinlashib qolgan bir paytda, tur o'yinlaridan keyin eng muhim voqealarga to'xtalib o'tishga qaror qildik. Demak, 33-turda sodir bo'lgan etiborga molik voqealar.
"Barselona" 2008 yildan buyun eng yomon mavsumini o'tkazyapti

CHempionlar Ligasidagi yurishini to'xtatganidan uch kun o'tib, "Barselona" Ispaniya chempionligi uchun imkoniyatlarini ham birdan pasaytirib yubordi. Kutilmaganda ushbu turda "Granada"ga mag'lub bo'ldi. Pike, Puyol, Bartraning jarohatlari sabab kataloniyaliklar Granadaga birgina markaziy himoyachi - Maskerano bilan yo'l oldi. SHunday qiyin vaziyatda Tata Martino negadir ikki asosiy qanot himoyachilar - Dani Alvesh va Xordi Albaga dam olish imkonini berishga qaror qildi. Ular o'rniga qanotlarda Montoya va Adrianu harakat qilishdi. Umuman olganda, ularning har ikkisi ham markaziy himoyada o'ynay olardi.



Biroq Martino undan ko'ra Busketsdan markaziy himoyachi yasab olishga qaror qildi. Busketsning joyiga esa Sngni tushirdi. Bu esa "Barselona"ning hujum tashkil qilish imkoniyatlarini keskin pasaytirdi. CHunki odatda Buskets o'yinga ritm berar va o'z poziciyasida almashtirilmas hisoblanadi. Song esa o'yinni juda yomon o'tkazdi va eng past ballni aynan u oldi o'yin uchun. Aynan Song markazda to'pni yo'qotishi natijasida "Granada" o'yindagi yagona golni kiritib, "ko'k-anorranglilar"ni chempionlik poygasidagi juda muhim uch ochkodan ayirdi.

O'yinda to'pga egalik qilish bo'yicha 86 foizlik ko'rsatkich qayd etgan bo'lsa-da, golga tortadigan vaziyatlarni juda kam yaratdi. Jamoa "Atletiko"ga qarshi juda katta bosimli o'yinni o'tkazganidan keyin hali o'ziga to'liq kelib ulgurmagani, "Granada" esa aksincha, bu o'yinga bir hafta kuchli tayyorgarlik ko'rgani yaxshi sezilib turdi.



Bu o'yindagi during natija ham "Barselona" chempionlik masalasini hal qilishni o'z qo'lida qolishiga imkor berardi. CHunki shunday bo'lgan taqdirda ulvrning ochkochi "Real"niki bilan tenglashgan bo'lardi va o'zaro o'yinlardagi ustunlik evaziga "Barselona" yuqoriroqda turardi. "Atletiko"ga qarshi so'nggi turda g'alaba qozonilgan taqdirda esa esa chempionlikni qo'lga kiritib ketishlari mumkin bo'lardi.

Biroq bu turdagi mag'lubiyat hammasini o'zgartirib yubordi va aynan shu muvaffaqiyatsizlik juda-juda qimmatga tushishi mumkin. Endi qolgan barcha o'yinlarni yutib ham uchinchi o'rinda qolib keti shi mumkin. CHempionlik uchun esa raqiblar omadsizligidan umid qilishiga to'g'ri keladi.


"Real" kataloniyaliklardan ilgarilab ketdi


"Barsa"ning mag'lubiyatidan ruxlanib ketgan "Real"  o'z maydonida "Almeriya"ni qiyinchiliksiz mag'lub etdi. Jarohati sabab maydonga Krishtinu Ronaldu tusha olmadi. SHunday bo'lsa-da, jamoadoshlari chempionatning 19-o'rinidagi jaomaga qarshi bahsda portugaliyalik yulduzning yo'qligidan ortiqcha jabr chekishmaganini takidlash kerak. SHu kuni Di Mariya ajoyib o'yin ko'rsatdi. Doimiy ravishda jamoadoshlari uchun vaziyatlar yaratib turdi va o'zi ham kutilmagan nuqtalardan zarbalar yo'llab turdi. Ohir-oqibat aynan argentinalikning o'zi aylanma traektoriyalik zarbasi bilan hisobni ochdi.



Ikkinchi bo'limda Benzema Dimariya bilan devor uslubida to'p uzatishini amlaga oshirib, Beylni zarba yo'llaydigan vaziyatga olib chiqishdi va uelslik qimmatbaho yigit adashmadi - 2:0. Keyin esa Isko yaqin burchakka yo'llagan kutilmagan zarbasi bilan darvozabonni ayldab qo'yib, to'pni to'rdan olib chiqishga majbur qildi. O'yinning so'nggi 20 daqiqasida harakat qilgan Morata ham yaxshi taassurot qoldirdi va munosib ravishda o'z golini ham kiritdi - 4:0. "Real" turnir jadvalida "Barselona"dan bir ochkoga ilgarilab ketdi. Biroq hamshaharlaridan o'zib ketishlari  uchun ularning mag'lubiyatini kutishga majburlar. 5tagina o'yin qolgan buyog'iga...




Diego Kostaning qonli goli

Xetafedagi o'yinda "Atletiko" chempionlik uchun yana bir dadil qadam tashladi. Safardagi o'yinda 2:0 hisobidagi ishonchli g'alabaga erishdi. Diego Simeone yana o'z uslubida g'alabaga erishdi. Raqib o'yinini kuchli pressing orqali o'ldirib, qarshi hujular va standart qaziyatlardagi aniqlik evaziga navbatdagi uch ochkoni o'ziniki qildi. "Atletiko" markaziy himoyachilarining burchak to'plari vaqtida raqib jarima maydonida paydo bo'lishi "Xetafe" uchun haqiqiy bosh og'riqqa aylandi. Godin shunday vaziyatlardan birida boshi bilan bilan yo'llagan zarbasi orqali o'z hisobiga gol yozib qo'ydi. Boshqa bir markaziy himoyachi - Miranda keyingi burchak to'pidan so'ng penalti ishladi. Biroq uni Diego Kosta golga aylantira olmadi.

Balki uni darvoza ortida, tribunianing birinchi qatorida o'tirgan muxlis chalg'itgandir. Kosta 11 metrlik jarima to'pini amalga oshirish uchun to'pga yaqinlashgan pallada, "Xetafe" muxlisi maydonga teskari o'girilib olib, ishtonini tushirdi. Keyin Diegu zarba berdi. U qadar aniq chiqmagan zarbani darvozabon qaytardi.

Muhlisning qilig'ini Diego ko'rdimi, yo'qmi, bir nima deyish qiyin. Biroz muddat o'tib "Atletiko" hujumchisi maydonni tark etdi. Aniqrog'i uni ko'tarib olib chiqib ketishdi. Futbolchi jamoasining o'yindagi ikkinchi golini urish vaqtida jarohat oldi. To'purar Adrianu uzatgan to'pni io'rga joylab qo'yish uchun darvozaning uzoq ustuni tomon oyog'ini uzatdi. To'p to'rga, oyoq esa ustunga aniq bordi. Kosta getrisini echganida undan qon oqayotgandi.



Umuman olganda, "Atletiko" chempionlikni qo'lga kiritishi uchun qolgan 5 turning 4tasida g'alaba qozonishi etarli. Agar u keyingi to'rt o'yinni o'z foydasiga hal qila olsa, so'nggi turda "Barselona"ga qarshi o'yinda maydonga mamlakat chempioni sifatida tushishi ham mumkin.

Abror Qodirov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика