So’nggi yangiliklar

02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  6 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  19 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  409 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  2 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  7 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20

Ispaniya. 28-tur. Kataloniyada gollar yomg'iri Yangiliklar

Ispaniya. 28-tur. Kataloniyada gollar yomg'iri

Ispaniya chempionatining 28-turida "Barselona" o'z uyida "Osasuna"ni qabul qiladi.
YANGILASH

Ushbu sahifada o'yin boshlangach mana shu erda kuzatib borish mumkin.

O'yin boshlandi! 6-daqiqada Xavining oshirib bergan to'pini himoyachilar qaytarishdi. Bu erda Sanches to'pni to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi. To'p darvoza yuqorisidan o'tib ketdi!

15-daqiqada Alvaro Sexudo burchak to'pidan so'ng darvozaga zarba berdi, xavfli chiqqan zarba noaniq bo'ldi!

18-daqiqada hisob ochildi!  Leo Messi! Qanday hujum! SHedevr! Pedro chapdan Xaviga oshirdi. Ernandes to'pni Sanchesga uzatdi. Aleksis darvozaning qarshisida turgan Leo Messini ko'rdi, u esa adashmadi - 1:0.

22-daqiqada Aleksis Sanches ikkinchi golni urdi. Inesta chap qanotdagi Xordi Albani to'p bilan taminladi. Xordi to'pni jarima maydoniga oshirdi, yonida hech kim bo'lmagan Sanches ohista harakat bilan gol urdi - 2:0.

27-daqiqada Pedro chap qanotdan jarima maydoni ichiga yorib kirib darvozabon maydoni yoniga to'pni oshirdi. Bu safar Messi ham, Sanches ham to'pga eta olishmadi.

34-daqiqada hisob yiriklashdi. Buskets to'pni Inestaga oshirdi. Andres chamasi 23 metrlardan darvozaga zarba berdi! To'p Fernandes qo'riqlayotgan darvozadan joy oldi - 3:0

37-daqiqada DANI ALVES! Braziliyalik futbolchining 27 metrlardan yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng Adres Fernandes o'yindagi ilk seyvini namoyish etdi.

39-daqiqada Inesta to'pni darvozaning uzoq ustuni yonidagi Xaviga oshirdi, u to'xtatmasdan zarba berdi, yana bir bor Fernandes o'zini ko'rsatdi!

40-daqiqada Inesta havodan to'pni Alvesga oshirdi. Dani boshi bilan to'pni Pedroga uzatdi, biroq futbolchi uch metrlardan darvozani nishonga ola bilmadi!

Dastlabki bo'lim yakunlandi. "Barselona" raqibga hech qanday imkoniyat qoldirayotgani yo'q. Agar vaziyatlarning yarmi golga aylanganida hisob kamida 6:0 bo'lardi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

53-daqiqada Pedro to'pni Inestaga oshirdi. Jarima maydoni ichida turgan Andres to'pga oyog'ini qo'yib qoldi, biroz noaniq!

60-daqiqada Roberto Torres jarima to'pini amalga oshirdi, shunday bo'ldiki to'pga hech kim eta olmadi, Valdes maydonga o'tirib qoldi, agar to'p darvozaga aniq borganida hisob qisqarardi.

65-daqiqada Messi dublini rasmiylashtirdi. Inesta to'pni Messiga oshirdi. U to'p bilan jarima maydoni yonida aylanib yurdi va Andresga qaytarib berdi. Yarim himoyachi bir harakat bilan to'pni jarima maydoni markaziga oshirdi, argentinalik futbolchi osonlik bilan darvozani ishg'ol qildi - 4:0!

68-daqiqada  Yana Inestaning to'p uzatishidan so'ng Lionel Messi gol urishi mumkin edi. Oshirilgan to'pga argentinalik yulduz eta olmadi.

73-daqiqada mehmonlar burchak to'pini amalga oshirishdi, to'pni "Barselona" futbolchilari egallab olib qarshi hujumga o'tib ketishdi. Messi Andres Fernandesni bu safar dog'da qoldira olmadi.

78-daqiqada Inesta chap qanotdagi Teloga to'pni uzatdi, u raqibning ikki futbolchisini ortda qoldirib to'pni darvozaning uzoq "to'qqizligiga" yo'lladi - 5:0!

87-daqiqada Messidan xet-trik. Dani Alves to'pni Messiga oshirdi, hujumchi kichik pauza qilib himoyachini maydonga o'tqazdi va darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi - 6:0.

89-daqiqa Pedro ham bugungi "hosil bayramida" gol urib ketishni istadi. Messidan to'pni qabul qilib olgan Pedro 5 metrdan uchrashuvni nuqta qo'yyuvch golni urdi - 7:0.

O'yin 7:0 hisobida "Barselona"ning g'alabasi bilan tugadi.

Barselona – Osasuna 7:0
16 mart, 21.00, Kamp Nou
Gollar:
1:0 – 18 Messi,  2:0 – 22 Sanches,  3:0 – 34 Inesta,  4:0 – 63 Messi,  5:0 – 78 Telo,  6:0 – 88 Messi,  7:0 – 90 Pedro.
Barselona – Valdes, Dani Alves, Bartra, Maskerano (Adriano, 82), Alba, Buskets, Xavi (A.Song, 61), Inesta, Sanches (Telo, 77), Messi, Pedro.
Osasuna – A.Fernandes, Oyer, Lote, Arribas, Damia, Loe, Silva, Sexudo, R.Torres (Punyal, 69), Armenteros (Lobato, 61), Riera (Akunya, 84).
Ogohlantirishlar: Arribas (48), Maskerano (58), Sexudo (82).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика