Islombek Ismoilov: Hozirgi his tuyg'ularni tariflab bo'lmaydi
22 apr 07:58
Yangiliklar


Islombek Ismoilov: Hozirgi his tuyg'ularni tariflab bo'lmaydi
Albatta, bu biz uchun yuksak etirof, yuksak yutuq! Bosh murabbiy sifatida buning uchun barchaga minnatdorchilik bildiraman. Bu g'alaba yo'lida juda ko'pchilikning mehnati yotibdi. Juda ko'p insonlar bu yo'lda mehnat qildi, ularning barchasiga rahmat aytaman. Hozirgi his tuyg'ularni tariflab bo'lmaydi.
Birinchi bo'limdan so'ng tarkibimizda 9 kishi qolganidan so'ng oldimizda boshqa yo'l yo'q edi. Faqat bitta yo'l bor edi, o'yini qutqarib qolish vazifasi qolgandi. Murabbiylar bilan to'g'ri echim topa oldik deb o'ylayman. Futbolchilar matonat ko'rsatishdi va biz g'alaba qozondik.
Ikkita qizil kartochka ruhiy tasir qildi. Biroq ishonch bor edi. Murabbiy sifatida tushkunlikka tushmaslikka harakat qildim. Tanaffusda futbolchilarni ruhan tiklashga harakat qildim va biz buni uddaladik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Senga toshin otgan raqibing tomon
Hakamning rangini aylading somon
Òzbekning jajji, mard alpomishlari
Bugun butun dunyo senga havasda
Omad, baxt tilaydi har bir nafasda
Alam kòz yoshingni artgin-da, asta
Maĝrur bòl, òzbegim alpomishlari.
Hikmat bor: haqiqat sinmagay aslo
Buni isbot etding, lol qoldi dunyo
Vatan bayroĝini quchdi bu samo
Millatning pahlavon alpomishlari
Bu ilk, tetapoya qadamlar hali
Seni ulĝaytirgan otangga balli
Jahon chempionin keladi gali
Òzbegimning botir alpomishlari...