So’nggi yangiliklar

21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  45 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  204 21:03"Бешиктош" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  7 20:36"Вест Хэм" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  3 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  1

Islombek Ismoilov: “Futbolchilarning bugungi holati bilan har kuni tanishib boryapmiz” Yangiliklar

Islombek Ismoilov: “Futbolchilarning bugungi holati bilan har kuni tanishib boryapmiz”

Yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik olib borgan PRO-Liga vakili “Turon” jamoasi ham koronavirus pandemiyasi natijasida majburiy tatilga chiqdi.

Jamoa bosh murabbiy Islombek Ismoilov bilan bog'langanimizda futbolchilarga nomalum muddatga dam berganligini va shu bilan birga ularga maxsus dastur taqdim etib, kunlik mashg'ulotlarini har kuni bilib borayotganini takidladi.

- Malumki, bugungi kunda butun dunyoda koronavirus pandemiyasi tarqagani sababli ommaviy tadbirlar to'xtatildi. SHu bilan birga sport musobaqalari ham nomalum muddatga qoldirildi. Ochig'ini aytganda, bu yilgi mavsumga har yilgidanda yuqori ishtiyoq bilan tayyorgarlik ko'rib kelayotgandik. Ammo kutilmaganda, majburiy tatilga chiqishga majbur bo'ldik. Rejalarimiz butunlay o'zgarib ketdi. Nima ham derdik, inson uchun eng avvalo uning sog'ligi birinchi o'rinda turadi.

- Rahbariyatning topshirig'iga binoan, jamoa azolarini koronavirus epidemiyasidan saqlanishlari uchun, o'z uyiga ketishiga ruxsat berganmiz. SHu bois hozir hamma vaqtinchalik o'z uyida bo'lib turibdi. Futbolchilarning sport formasini yo'qotmasligi, jismoniy tayyorgarligi bir meyorda turishi uchun ularga o'z uyida individual tarzda shug'ullanib turishini aytib, maxsus dastur taqdim etganmiz. Internet tizimi orqali futbolchilarimizning har biri bilan kunning ikkinchi qismida o'tkazgan mashg'ulotlari bo'yicha video-xisobotlarni qabul qilib, tegishli maslahatlar berib boryapmiz.

- Majburiy tatil qachongacha davom etishidan qatiy nazar, klub oylik maoshlar bo'yicha shartnomada ko'rsatilgan bandlarni to'liq bajaradi. Garchi futbolchilar jamoa ixtiyorida bo'lmasa ham ularga ish haqi to'lab berilishi ko'zda tutilgan. Axir ularning ham oilasi bor-ku.

- O'z sevgan kasbingizdan bir zumda maxrum bo'lish albatta yoqimsiz xolatdir. Har doim jarayonda yurib, birdaniga chetga chiqib qolish, har qanday inson uchun og'irdir. Yuqorida aytib o'tganimdek, eng avvalo xalqimizning sog'ligi birinchi o'rinda turadi. Yaratgandan so'raymizki, tezroq ushbu koronavirus epidemiyasi yurtimizdan chiqib ketib, yana avvalgidek  hammasi iziga tushib ketishini. Murabbiy sifatida o'sish uchun o'z ustimda ishlashni sira to'xtatmayman. Uyda bo'sh vaqtim bo'ldi deguncha, yangiliklar ustida izlanaman. Futbolchilarimning xolati bilan imkon qadar tanishib borishga xarakat qilaman.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика