So’nggi yangiliklar

14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  1 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  3 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   17 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  6 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  19 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  1 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  7

Islom To'xtaxo'jaev - “SHenyang Urban” yaratib bergan sharoitlar, kechadan restart olgan Bundesliga, Xitoy chempionatining qachon boshlanishi haqida Yangiliklar

Islom To'xtaxo'jaev - “SHenyang Urban” yaratib bergan sharoitlar, kechadan restart olgan Bundesliga, Xitoy chempionatining qachon boshlanishi haqida

Joriy mavsumda ilk bor legionerga aylanib, Xitoyga yo'l olgan hamyurtimiz Islom To'xtaxo'jaev o'z klubi safida mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.

Biz bu borada milliy terma jamoamizning himoyachisi bilan bog'lanib fikrlari bilan qiziqdik.

“Xitoyda vaziyat borgan sari engillashib bormoqda. Koronavirus asosan xorijdan kelgan fuqarolarda aniqlanmoqda. Bir kunda ikkita yoki uchta yangi kasallanish holati qayd etilmoqda.

Bizga chempionat bahslari iyun oyining o'rtalarida boshlanadi deyishgandi, lekin jim bo'lib qolishdi. SHu kunlarda federaciyada katta yig'ilish bo'lishi kutilmoqda. Unda barcha masalalar ko'rib chiqiladi deb o'ylayman. SHundan so'ng aniq sanasini aytishsa kerak.

Jamoamiz bilan bir kunda ikki mahal yoki bir mahaldan mashg'ulotlarni olib bormoqdamiz, hamma futbolchilarning kayfiyati alo darajada. “SHenyang Urban” o'z oldiga yuqori ligaga chiqishni maqsad qilgan. CHempionat boshlansa buni qay darajada isbotlay olishimizni ko'rsatamiz.



Murabbiy barcha o'yinchilarni iliq kutib oldi. Xitoyliklarni bunchalik ochiqko'ngil ekanliklarini kutmagandim. Jamoada ingilis tilini biladiganlar bor o'shalar orqali qolganlar bilan muloqot qilmoqdaman.

Ramazon oyida kun tartibim boshqalarga qaraganda biroz farq qilmoqda. Ro'za tutishim uchun klub barcha sharoitlarni yaratib bergan. Buning uchun ularga katta rahmat aytib qolaman.

Kechadan yana Evropaga katta futbol qaytdi. O'zim Dortmundning “Borussiya” jamoasining o'yinlariga befarq emasman. CHempion nomi bu mavsum ham o'zgarmasa kerak. “Bavariya” bu borada ustun. Germaniya futboli boshqa chempionatlarga qaraganda tezroq. SHuning uchun kuzatib boraman”,- deydi o'zbekistonlik futbolchi.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика