So’nggi yangiliklar

11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  6 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  6 09:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  0 09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  2 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  5 08:08Гвардиола Чемпионлар лигасида қайси жамоага тўқнаш келишни истамаслигини айтди  11 07:31ЖЧ-2026 Саралаш. Бугун БААга қарши майдонга тушамиз  23 06:01Ёрқин Назаров: "БАА ақлли жамоа, ғалаба қозонмаслик мундиал вазифасини қийинлаштиради"  8 01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  2 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  3 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  6 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  1 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  3 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  5

Islom To'xtaxo'jaev: "O'yinni jamoalar emas, hakamlar hal qilganidan keyin alam qiladi. To'p qo'limga tegmadi" Yangiliklar

Islom To'xtaxo'jaev: "O'yinni jamoalar emas, hakamlar hal qilganidan keyin alam qiladi. To'p qo'limga tegmadi"

Navoiyning "Qizilqum" jamoasi kecha Toshkentda "Paxtakor" mehmoni bo'ldi.

 Murosasiz kechgan bahsda Hamidjon Aktamov shogirdlari ortga 2:4 hisobida mag'lubiyat bilan qaytishdi. 

Mazkur uchrashuvdagi hakamlik, ular yo'l qo'ygan xatolar ayni paytda muhokama markazida bo'lib turibdi. Ayniqsa "Qizilqum" darvozasiga belgilangan ikkita penalti borasida bahs-munozara to'xtayotgani yo'q. Hususan o'yinning 37-daqiqasida hakam tomonidan "Paxtakor" darvozasi tomon belgilangan penaltida to'p Islom To'xtaxo'jaevning qo'liga tegdi, deb topildi. Takroriy vaziyatlar bu borada qaror xato ekanligini ko'rsatyapti. Barchasiga aniqlik kiritish maqsadida tajribali himoyachiga yuzlandik. 

- Ushbu uchrashuvda "Paxtakor" chempionlikni rasmiylashtirishi taxmin qilingandi. G'alaba uchun bor kuchlarini ishga solishlari aniq edi. SHunday ekan "Qizilqum" bu o'yinga qanday ruhda keldi?

- Biz ham faqat g'alabani ko'zlagan holda maydonga tushgandik. Darvozamizga belgilangan ikkinchi penalti jamoamizni ruhan sindirib qo'ydi. CHunki bunday pallada yo'q joydan penalti belgilangandan keyin o'yinga qaytish ruhan juda qiyin. 

- O'yindan keyingi matbuot anjumanida jamoa bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov hakamlik haqida keskin fikrlarni bildirdi. Sizning munosabatingiz qanday? Hakamlik bilan bog'liq bunday holatlar futbolimiz saviyasiga qay darajada tasir qilmoqda?

- Albatta. Bahsdan so'ng barcha asabiy holatda edi. Bir tomondan alam qiladida. Uchrashuvga shuncha vaqt tayyorgarlik ko'rasiz. Jamoada faqat futbolchilar emas, boshqa ishchilar ham bor. SHifokorlar, mamurlar va hokazo. Ular ham oila boqishi kerak. Uchrashuv taqdirini jamoalar emas, hakamlar hal qilgandan keyin shundayda. Mayli, o'yinni boshqargan hakam yosh, deb umid qilib qolamiz. O'yinlar orqali tajriba to'plab yaxshi saviyadagi hakam bo'lsin. 

- Keling barchasini ochiq-oydin aytsangiz, o'sha vaziyatda to'p qo'lingizga tegdimi?

- To'p tizzaga emas, tovonimga tegdi. Menimcha hakam qo'li bilan qaytardi, deb o'yladi. Aslida bu yordamchi hakam ko'rishi kerak bo'lgan nuqta sanaladi. Ko'pchilik oyog'idan so'ng qo'liga tegdi demoqda. Oyog'imga tekkandan keyin ham qo'limga tegmadi. Futbolda bo'lib turadigan holat. SHunisi bilan ham qiziq. Balki VAR bo'lganida hakamlarga osonroq kechardi. 

- Bu yilgi Superliga mavsumi oxirlab bormoqda. Mavsum o'rtasidagi zerikarlilik va tempning pasaygani nima bilan bog'liq bo'lishi mumkin? Mavsum yakuniga etish arafasida xulosalar yuzaga kelishi tabiiy...

- Oxirgi turlar final maqomida o'tadi, desam yanglishmayman. Buyog'iga oddiy o'yinlar bo'lmaydi. Bilmadimu, chempionatimiz saviyasi yildan-yilga tushib borayotganga o'xshaydi. 

- "Qizilqum" o'yinida taktik rang baranglik ko'zga tashlanmoqda. Jamoada tajribali futbolchilar ko'p. Klubning egallab turgan o'rni haqida nima, deya olasiz?

- Albatta bu Hamidjon Aktamov boshchiligidagi murabbiylar shtabining mehnati mahsuli. Menimcha jamoamizdagi tajribali futbolchilar bilan egallab turgan o'rnimiz o'zimizga yarashmaydi. 

Abdulaziz Iskandarov 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика