So’nggi yangiliklar

00:03"Барселона" Иньигонинг кетишини эълон қилди. Ҳимоячи "Ал Насср"га ўтмоқда  0 23:25Одил Абдумажидов: "Хато қилишга ҳаққимиз йўқ, "Қўқон-1912" билан 6 очколик ўйин бўлади"  0 22:50"Палермо" — "Манчестер Сити". Ҳусанов асосий таркибда!  7 22:49Ўртоқлик ўйинлари. МЮ пенальтилар сериясида "Фиорентина"дан устун келди, "Милан" "Лидс" билан дуранг ўйнади, "Арсенал" "Атлетик"ни таслим этди, "Рома" ва "Атлетико" эса инглиз клубларини мағлуб этди  1 22:33Риза Айвазов Мўғулистон клубига ўтди  4 22:11"Ньюкасл" 40 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  0 21:37"Реал" собиқ футболчиси Эден Азар ПСЖга ўтиши мумкин эди  0 21:10Расман: Достон Турсунов Гонконг клубига ўтди  2 20:30"Ал Насср" Коман учун "Бавария"га 30 миллион евро таклиф қилишга тайёр  3 20:01Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Индонезиядаги халқаро ўртоқлик турнирида иштирок этиш учун Меданга йўл олди. Таркиб маълум  3 19:06"Пахтакор" клуби спорт директори "Бунёдкор" стадиони майсаси ҳақида нима дейди?  11 19:00"Пахтакор-79" хотирасига ўтказиладиган учрашувга Россия терма жамоасидан Тошкентга кимлар келади?  17 18:17Суперлига 17-тур рамзий терма жамоаси  2 17:32Суперлигада 17-турнинг энг яхшилари   1 16:49"Бунёдкор" ва "Шўртан" ўзаро дуранг қайд этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0

Islom To'xtaxo'jaev: "Bizning ham orzuimiz – Jahon chempionatiga chiqish" Yangiliklar

Islom To'xtaxo'jaev: "Bizning ham orzuimiz – Jahon chempionatiga chiqish"

Bilasiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi yaqin 10 kun ichida 2 ta rasmiy uchrashuv o'tkazadi.

Bosh jamoamiz 6 hamda 11 oktyabr kunlari Toshkentda Jahon chempionati-2018 so'nggi saralash raundi doirasida dastlab Eron, so'ngra Xitoy terma jamoalariga qarshi bahs yuritadi.

Hozirda Samvel Babayan shogirdlari poytaxtimizda mazkur o'yinlarga tayyorgarlik olib bormoqda. Yig'inga jami 25 nafar futbolchi jalb etilgan bo'lib, ulardan to'rt nafari “Lokomotiv” azolaridir. “Lokomotiv” va terma jamoamizning ishongan himoyachilaridan biri sanalgan Islom To'xtaxo'jaev oldinda turgan muhim uchrashuvlar oldidan klub matbuot xizmatiga o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Oldindagi o'yinlarga tayyorgarlik jarayoni yaxshi ketyapti. Dastlab Eronga qarshi o'ynaymiz. Bu raqibni har tomonlama o'rganyapmiz. Umuman olganda, terma jamoamizda ruhiyat yaxshi. Barcha futbolchilar bir maqsadni ko'zlagan holda mashg'ulotlarda ishtirok etishyapti.

SHukrki, hal qiluvchi bosqichni mag'lubiyatsiz boshladik. Endi shu g'alabali seriyani davom ettirishimiz lozim bo'ladi. Ammo bu oson bo'lmasligi tayin. Zero 3-bosqichga oddiy terma jamoalar etib kelgani yo'q. SHu boisdan har bir uchrashuvga 100 foizlik kuch bilan chiqish kerak bo'lmoqda.



Agar shu oldinda turgan ikki o'yin – Eron va Xitoy termalariga qarshi bahslarni ham g'alaba bilan yakunlay olsak, oldinga katta qadam tashlagan va maqsadimiz tomon ancha yaqinlashgan bo'lamiz. Buni barchamiz juda yaxshi tushunib turibmiz.

Ko'psonli ishqibozlarimizni ham, bizning ham orzuimiz – Jahon chempionatiga chiqish. Agar har bir o'yinda muxlislarimiz stadionga kelib, bizni qo'llab-quvvatlab turishsa, biz albatta maydonda borimizni berib harakat qilamiz, - deydi mahoratli himoyachi “Loko” rasmiy saytiga.

Takidlab o'tish joizki, mundial sari yo'lga chiqqan O'zbekiston milliy terma jamosi dastlab 6 oktyabr kuni Toshkentda Eron terma jamoasiga qarshi, so'ngra 11 oktyabrda Xitoy terma jamoasiga qarshi o'yin o'tkazadi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика