So’nggi yangiliklar

12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  2 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  3 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  0 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  0 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   11 09:15Моддий манфат йўлида EЧЛ 25 йиллик ҳамкорликдан сўнг "Adidas" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2 08:46"Агар очколарни йўқотсак, ҳамма нарса тугайди". Гвардиола — "Вест Хэм"га қарши ўйин ҳақида  3 08:20Португалия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун меҳмон либослари суратлари пайдо бўлди  3 07:52Осиё кубоги. Бугун аёллар терма жамоамиз ЖЧ йўлланмасини қўлга киритишлари мумкин  8 05:53Ироқ чемпионати. Темировнинг бенефисига айланиб кетган баҳсда "Арбил" навбатдаги ғалабасини қўлга киритди  11 01:214 йўқотиш ҳақида Тудор: "Бунинг учун ҳам йиғлаш, ҳам курашиш керак"  5 00:57Каррагер МЮ учун мос мураббий номини айтди  6 00:31Левандовски нега "Барселона"га ўтганини айтди  8

Islom Kenjaboev: "Nima bo'lgan taqdirda ham, ikkinchi davrada "Navbahor"da o'ynamasligimni bilardim" Yangiliklar

Islom Kenjaboev: "Nima bo'lgan taqdirda ham, ikkinchi davrada "Navbahor"da o'ynamasligimni bilardim"

"Qizilqum" jamoasining O'zbekiston kubogidagi yurishi chorak finalda to'xtadi.

 Jizzaxda "So'g'diyona" raqiblik qilgan uchrashuvda Nikola Lazarevich shogirdlari penaltilar seriyasida maydon egalariga mag'lub bo'ldi. Ushbu o'yin taassurotlari va boshqa mavzular haqida jamoaning tezkor yarim himoyachisi Islom Kenjaboevning fikrlari bilan qiziqdik. 

So'g'diyona

Shohruz Norxonov - 74', ZHavohir Qahramonov - 120', Luka CHermel - 120', SHahboz Jo'rabekov - 120', Shohruz Norxonov - 120'

O'zbekiston kubogi . 1-tur

02/09/2022, 17:00

4
:
5
Tugadi

Qizilqum

Sanzhar SHoahmedov - 72', Aleksandar Stanisavlevich - 120', Islom Kenzhaboev - 120', Salim Mustafoyev - 120'

45'
90'
120'
60'  SHavkat Salomov (Daniel Nasriddinov)
60'  Jasur Hasanov O (ZHavohir Qahramonov)
66'  Abdujalil Manazarov (Iskandar SHaykulov)
66'  Vitaliy Denisov (Luka CHermel)
74'  Shohruz Norxonov
74'  Daniel Nasriddinov
81'  Husniddin G’ofurov (Bahodir Nasimov)
120'  Milan Mitrovich (Shirinboy Abdullayev)
120'  ZHavohir Qahramonov
120'  Luka CHermel
120'  SHahboz Jo'rabekov
120'  Shohruz Norxonov
12'  Fayzullo Qambarov
14'  Sherali Jo’rayev
41'  Sherali Jo’rayev (Islom Kenzhaboev)
72'  Sanzhar SHoahmedov
72'  Aleksandar Stanisavlevich
89'  Shuhrat Muhammadiyev
90'  Azizbek Usmonov (Salim Mustafoyev)
96'  Temurxo’ja Abduxoliqov
116'  Sanzhar SHoahmedov
120'  Aleksandar Stanisavlevich
120'  Islom Kenzhaboev
120'  Salim Mustafoyev


- "Qizilqum" kubokdagi ishtirokini yakunladi. Sizningcha chorak final bugungi jamoa uchun etarlimi?

- Maqsadimiz jamoa bilan finalga qadar etib borish edi. Afsuski, ayrim sabablarga ko'ra musobaqadan chiqib ketdik. Balki omadimiz kelmagandir. Nima ham derdim, navbatdagi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz. 

- Jamoa asosiy vaqtda g'alabani ushlab qolishi mumkin edi... 

- SHu kuni o'yinni yaxshi boshqarayotgan edik. Gol ham urishga muvaffaq bo'ldik. Agar tezkor gol o'tkazib yubormaganimizda o'yin bizning foydamizga hal bo'lishi hech gap emasdi


- Superligadagi kurashda asosiy raqobatchi jamoa kim?

- Sovrindorlar qatoriga kirishni maqsad qilganmiz. Joriy yilgi Superliga oxirgi turga qadar qiziq o'tishi aniq. Barcha jamoalar bir-biriga raqobat tug'dira olyapti. 

- Yozgi transferlar oynasida "Navbahor"ni tark etdingiz. Raqobatda yutqazdim, deb o'ylaysizmi? 

- Men raqobatdan hech qachon qo'rqmaganman. Inson barchaga birdek muomala qilishi kerak. "Navbahor"ning o'yin uslubiga mos tushmagandirman. Muxlislar birinchi davrada nima bo'lganini ko'rishdi. 

- "Qizilqum"ga qaytishingiz qanday bo'ldi?

- Nima bo'lgan taqdirda ham ikkinchi davrada "Navbahor"da o'ynamasligimni bilardim. Har bir futbolchi zaxirada o'tirishni emas,  o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istaydi.  Klubdan ketishim aniq bo'lgach "Qizilqum"dagilar aloqaga chiqishdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика