So’nggi yangiliklar

10:49"Челси" футболчиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  0 10:27Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи Чехия клубида амалиёт ўтайди  0 10:17Гарначо келажаги борасида бир қарорга келди  0 09:45"Рома"нинг янги футболчиси илк машғулотда жароҳат олди  0 09:17"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси ёзда жамоани тарк этади  1 08:50"Ливерпуль" асосан захирада қолиб кетаётган футболчисини 50 миллионга сотишга яқин  1 08:22Here we go. "Арсенал" "Тоттенхем" билан деярли шартнома имзолаган футболчини илиб кетди  4 07:55Суперлига. "Динамо" ва "Навбаҳор" сўнгги сонияларда ғалабани қўлдан чиқарди  2 07:53"Интер Майами" Лига кубогининг ярим финалига йўл олди  1 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  9 02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  8 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  5 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  2 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  1 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  16

"Islom birdamlik o'yinlari" sovrindorlari va OAV vakillari taqdirlandi Yangiliklar

"Islom birdamlik o'yinlari" sovrindorlari va OAV vakillari taqdirlandi

Bugun Toshkentdagi "Olimpiya shon-shuhrati muzeyi"da to'rtinchi "Islom birdamlik o'yinlari"da sovrindor bo'lgan o'zbekistonlik sportchilar, shuningdek sport sohasida faoliyat olib borayotgan OAV vakillarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirda Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti Alisher Sultonov, bosh kotib Oybek Kasimov, Jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi raisi Rustam Qurbonov, federaciyalar vakillari, sportchilar va OAV vakillari ishtirok etdilar.


Tadbirni MOQ matbuot kotibi Zafar Imomxo'jaev olib bordi



Mehmonlarga sportchilarimizning Bokudagi muvaffaqiyatlari aks etgan videorolik qo'yib berildi

Marosimda MOQ Prezidenti Alisher Sultonov so'zga chiqib, "Islom birdamlik" o'yinlarida sovrindorlar qatoridan o'rin olgan sportchilarni ushbu yutuq bilan tabriklar, ularning barchasi moddiy va manaviy tomonlama rag'batlantirilishini malum qildi.

Alisher Sultonov o'z tabrigi davomida Bokuda bo'lib o'tgan o'yinlarda O'zbekiston hisobiga oltin medalni qo'shib qo'ygan sportchilarga 10 million so'm, kumush medali sohiblariga 5 million so'm, bronza medalini qo'lga kiritgan sportchilarga esa 3 million so'mdan mukofot puli taqdim etilishini aytib o'tdi.


Bokudagi musobaqada ishtirok etgan O'zbekiston boks terma jamoasi azolari



Tennischilarimiz


Musobaqadagi ilk medalni bizga o'q otuvchilarimiz taqdim etishgandi



Sportchilarimiz nomidan so'zga chiqqan karatechi Sadriddin Saymatov barchasi uchun minnatdorchilik bildirdi va Tokio-2020 Olimpiadasida munosib ishtirok etishga vada berdi

SHuningdek, bugungi tadbirga 27 iyun kungi ommaviy axborot hodimlari munosabati bilan bir qator sport jurnalistlari, jumladan Mirzahakim To'xtamirzaev, Nodirxo'ja Yuldashev, Kamoliddin Alimov, Davron Fayziev, Diyor Imomxo'jaev, Sanjar Rizaev, Timur Nizaev va boshqalar Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi tomonidan taqdirlandilar. 


Aziz To'xtamurodov

Marosimdan olingan suratlarni FOTOGALEREYA orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика