So’nggi yangiliklar

04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  6 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  12 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  23 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  3 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  24 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  3 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2

Islom Ahmedov: "Terma jamoa markazi bilan PFLning birlashish vaqti keldi" Yangiliklar

Islom Ahmedov: "Terma jamoa markazi bilan PFLning birlashish vaqti keldi"

OFK elit instruktorlaridan biri bo'lmish Islom Ahmedov bilan qilgan muloqotimizda mutaxassis futbolimizdagi muammolarga to'xtalib o'tdi.
- Tan olish kerak oxirgi yillarda, yurtimizda murabbiylar soni ortib bormoqda. PRO licenziyasini qo'lga kiritganlar ham talaygina. Bu borada ko'pchilik oxirgi paytlarda mutaxassislarni tanqid qilmoqda. Yani murabbiylarimiz PRO licenziyasiga o'qiyapti lekin natija ko'rinmayapti degan manoda. Kechirasizu, biz instruktorlar o'quv-seminari davomida o'zimizdagi barcha bilimni ularga berib boramiz. Kim qanday ishlayapti? Murabbiylar haqiqatdan ham o'qish mobaynida olgan bilim va ko'nikmalarni amalda qo'llayaptimi? Yo'q!

Xo'sh, murabbiylarning bu boradagi ishini kim nazorat qiladi? Bir tomondan ularni ham to'g'ri tushunish kerak. CHunki bugungi kunga kelib futbolimizda sifatdan ko'ra, natija birinchi o'ringa chiqqan. Murabbiy shuning uchun ham natija ketidan quvib, qo'lidan kelgan barchasini qilyapti. Murabbiylarga nari borsa, 3-4 ta o'yin imkoniyat berilyapti. Natija ko'rsatsa, ishlashda davom etadi. Aks xolda istefoga chiqariladi. SHu sababli ko'p narsa klub tepasida turgan rahbarlarga bog'liq bo'lib qolmoqda. Ular murabbiyga malum muddat ikmoniyat berishi kerak.

Bir gal "Liverpul" futbol maktabining direktori bilan uchrashib qoldim. U shunda aytdiki, men bolalar murabbiyidan natija ko'rsatishini so'ramayman. Uning qanday ishlayotganini shogirdlarining qanchalik o'sishga erishayotganidan bilib olaman. Buni o'yindan-o'yinga bilib olish mumkin degandi. Ko'ryapsizmi, Evropada bolalar futbolida natija u qadar muhim ahamiyat kasb etmaydi. SHuning uchun Germaniya, Gollandiya kabi kuchli terma jamoaning yoshlari jaxon chempionatlarida u qadar ijobiy natija qayd etmaydi. Ayrimlari hattoki yirik musobaqalarda ham ishtirok etmaydi. CHunki ularning oldida turgan eng asosiy vazifa natijadan ko'ra, sifatga etibor qaratilishidadir. Bizda esa avvalo natija talab etiladi. Murabbiy esa vazifani bajarish uchun har xil qing'ir ishlarni amalga oshirishi mumkin bo'ladi.

- Etibor bering, oliy liga klublari yanvar va fevral oylarida juda ko'p sinov-nazorat o'yinlarini tashkil etdi. Saytlarga kirsangiz har kuni o'rtoqlik o'yinlar o'tkazilgani haqida malumotlar bor. Bilasizmi qishki yig'inda murabbiylarning bu qilayotgan ishi to'g'ri emas. Qishda asosiy etibor jismoniy tayyorgarlikni tiklashga qaratilishi lozim. O'rtoqlik o'yinlar ham kerak. Lekin kun-ora emas. Futbolimizdagi transfer bozori ham huddi bozorga o'xshab ketdi. O'yinchilarning u klubdan bu klubga ko'chib o'tishi hamon to'xtagani yo'q. Vaholanki aslida murabbiy jamoasiga o'yinchilarni noyabr oyidan gaplashib qo'yishi kerak. CHempionat startiga oz muddat qolganida ayrim klublar o'z safini kuchaytirish bilan ovora. "Bunyodkor", "Paxtakor", "Nasaf" hamda "Lokomotiv" esa allaqachon asosiy tarkibni aniqlab olgan va ular xorijda ham yig'in o'tkazib qaytishdi. Qolgan ayrim klublar esa hanuzgacha tarkibni aniqlab olganicha yo'q. SHuning uchun ham chempionatning 5-turidan so'ng kim aslida kim ekanligi oydinlashib qoladi.

- Men shuni istardimki, klub uchun pul ajratayotgan homiy va rahbariyat avvalo o'sha jamoa murabbiyidan natija emas, mazmunli o'yin ko'rsatishini talab qilsin. Ishni nazoratga olishlari muhim. SHuningdek milliy terma jamoani kuchaytirish uchun avvalo murabbiy ixtiyorida kuchli futbolchilarni tanlash imkoniyati ko'p bo'lishi kerak. Buning uchun ichki chempionatimizni kuchaytirish joiz bo'ladi. Bolalar futbolidan tortib, oliy ligani islohat qilmoq kerak. Nima uchun yoshlarimiz xorijga chiqib, o'ynab keta olmayapti? Legionerlarimizni yoshartirish uchun nima qilish kerak? SHu haqda o'ylash lozim. Buning uchun terma jamoa markazi PFL bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishi shart. Nazarimda buning payti keldi. 

- Bolalar futbolini ham qattiq nazoratga olish kerak menimcha. CHunki bolalar futboliga ham davlat tomonidan katta mablag' ajratiladi. Lekin uni kim qanday sarflayotganini nazorat qilinsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Sababi ayrim futbol licey yoki sport maktablarida bolalarni yuqori saviyada mashg'ulot o'tkazish uchun kerakli sharoitlar yaratilmagan. Bazida 60 nafar bola bitta maydonda shug'ullanadi. Maydonni 3 yoki 4 qismga ajratgan xolda. SHunday ekan ulardan ijobiy natija kutishga haqlimizmi?

Gaplarim kimlargadir yoqmasligi mumkin. Lekin haqiqatni ham to'g'ri qabul qilmoq kerak. Jahon chempionatiga chiqishni orzu qilayotgan ekanmiz, eng avvalo ommaviyy futbol bilan professional futbolni ajratib olmoq zarur. Masullar bilmagan narsalarini mutaxassislar oldiga borib uyalmasdan so'rasin. Buning hech qanday uyatli joyi yo'q. Futbolimizni rivojlanishi uchun barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib ishlashimiz kerak.

Islombek Rustambekov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика