So’nggi yangiliklar

20:00Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912" 0:0 (матнли трансляция)  3 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 1:0 (матнли трансляция)  14 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  5 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  10 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4

Islom Ahmedov: "Mashal" vaziyat yaratgani yo'q, bizning xatolardan keyin gol urishdi" Yangiliklar

Islom Ahmedov: "Mashal" vaziyat yaratgani yo'q, bizning xatolardan keyin gol urishdi"

"Navbahor" - "Mashal" (0:2) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar yordamchi murabbiyi Islom Ahmedov qatnashdi.

"Birinchi o'yin doim qiyin bo'ladi. Oddiy ikkita xato tufayli mag'lub bo'ldik. Birinchi bo'limda u qadar o'yinimiz chiqmadi. Yigitlarda biroz sarosima bo'ldi, ikkinchi bo'limda hujumkorlikni oshirdik. Ammo gol ura olmadik. Ustunlik biz tomonda bo'ldi, biroq natija ijobiy bo'lmadi. "Mashal"ni tabriklayman. Mehmonda g'olib chiqish doim qiyin. Bu - futbol. Futbolchilarimizning harakati u qadar yomon emas. Mashg'ulotda qilgan ishimizni maydonda qila olsak barchasi yaxshi bo'ladi", - deydi Islom Ahmedov.

- Baxtiyor Ashurmatovning yo'qligi tasir qildimi?

- Albatta. Bosh murabbiyning yo'qligi seziladi. Osiyo Kubogida ishtirok etib qaytdi, 10 kun jamoa bilan birga bo'lib yana safarga jo'nab ketdi. Lekin yigitlarning harakati yoqdi. Agar o'yin bo'lmaganida tanqidlarga tayyor edim. Juda ko'p vaziyatlar bo'ldi.


- Himoyachilarning qo'pol xatosi haqida...

- Bobur Akbarov oddiy vaziyatda xatoga yo'l qo'ydi. Alisher Samatovga rahmat o'z joyida turgandi. Buning barchasi birinchi o'yinning bosimi tufayli bo'ldi.


Jamoa futbolchilariga faqat hujum qilish borasida ko'rsatma beramiz. 


- Jamoa tizimida yoshlar jamoasi, birinchi liga, akademiyaga etibor kuchayishi kerak emasmi?

- Bu borada kecha rahbariyat bilan gaplashdik. Albatta akademiya bo'lsa yaxshi, tarkib har yili o'zgaraversa juda yomon.


- Bugungi bahsda jamoaning hujumlarida yakun bo'lmadi?

- "Mashal" vaziyat yaratgani yo'q, bizning xatolardan keyin gol urishdi. Biz esa hujum qilib vaziyatlar yaratdik. Raqibdan bundan kuchliroq o'yin kutgan edim. Agar futbolchilarimiz o'ynay olishmaganida tan olib jim o'tirardim. Keyingi o'yin ko'rasizlar bundan ham yaxshi o'ynaymiz. 


- SHaxboz Erkinov keyingi o'yinlarda maydonga tushadimi?

- U bugun Malayziyadan qaytib keldi. Albatta, uning xizmatlaridan foydalanamiz. 


- Ulug'bek Baqoevning zaxiradan maydonga tushirilishi taktik yo'lmidi?

- Ha, tajribali hujumchini tushurdim. U tezda vaziyatlar yaratdi. Tarkibimizda yaxshi hujumchilar bor, Baqoev, Erkinov... Gollar tez orada keladi. 


- Ashurmatov yo'qligida jamoaga siz javobgar bo'lasizmi?

- Baxtiyor Azamovich O'zbekiston olimpiya terma jamoasini qabul qilib oldi. U vatanimiz sharafini himoya qilmoqda. Unga ham, bizga ham qiyin. SHu bois barchadan "Navbahor"ga ishonishlarini so'rardim. 31 mart kuni saralash bahslari tugaydi. SHundan so'ng Ashurmatov yana jamoaga qaytib ishlashda davom etadi. SHogirdim mendan yordam so'radi, shu bois yo'q demak Namanganga kelib ishlayapman. Hech qanday pul yoki boshqa narsa haqida o'ylamayapman.


SHerzod Hamdamov yozib oldi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика