Isko oyog'i singani sababli Evro-2024 musobaqasini o'tkazib yuborishi mumkin
17 may 2024 18:07
Yangiliklar
Isko oyog'i singani sababli Evro-2024 musobaqasini o'tkazib yuborishi mumkin
"Betis"ning hujumkor yarim himoyachisi Isko chap oyoq boldir suyagini sindirib oldi.
Klub sayti xabariga ko'ra, hozir shifokorlar futbolchiga jarrohlik amaliyoti kerakmi yoki yo'qligini hal qilishmoqda.
32 yoshli Isko joriy mavsum "Betis" safida 36 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Jarohati tufayli uning 2024 yilgi Evropa chempionatidagi ishtiroki so'roq ostida. Yarim himoyachi 2019 yildan buyon Ispaniya terma jamoasiga chaqirilmagan bo'lsa-da, uning o'zi ham bosh murabbiy Luis de la Fuente uni Germaniya safari uchun jamoaga jalb etishini istisno etmadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar