"Irqchi, senga takrorlayman: "Men raqsni to'xtatmayman". Vinisiusning "maydonda maymunlik qilishni to'xtatish" iborasiga javobi (mutolaa uchun)
18 sen 2022 12:27
Yangiliklar
"Irqchi, senga takrorlayman: "Men raqsni to'xtatmayman". Vinisiusning "maydonda maymunlik qilishni to'xtatish" iborasiga javobi (mutolaa uchun)
Faqatgina maydonda emas.
Yaqinda Ispaniya futbol agentlari associaciyasi prezidenti Pedro Bravo Vini haqida El Chiringuito dasturida gapirdi va o'yinchining har bir goldan keyingi raqsini tanqid qildi: "Sambaga o'ynashni xohlasang, raqs zaliga borishing kerak, maydonda esa hamkasblaringni hurmat qilishing va maymunlik qilishni bas qilishing kerak".
Maymunlik qilish! Pedroning so'zlari irqchilik deb baholandi. Bravo bir necha soatdan so'ng vaziyatni yumshatishga urindi, ammo kech edi.
"SHuni aytmoqchimanki, Vinisius gollarni urgan paytidagi nishonlashda "maymunlik qilish" iborasini xato ishlatdim. Men uning faqat metaforik manosini nazarda tutdim — axmoqlik qilish. Men kimnidir xafa qilmoqchi emasdim. Meni mazur tuting", — deb yozdi Bravo.
Bu Vinisiusga qaratilgan birinchi gaplar emas.
"Malorka" murabbiyi Vinini sindirishni so'ragan
Barchasi La Liga 5-tur doirasidagi "Malorka"ga qarshi o'yin bilan boshlandi. Jurnalist Alberto Ernandoning yozishicha, vinger doimiy ravishda raqiblarning jig'iga tekkan va ahmoqona savollar bilan ularning jahlini chiqargan. Kiyim almashtirish xonasida uning harakatlari umuman qadrlanmadi — "Madrid" o'yinchilarining o'zlari ham Vinidan buni to'xtatishni so'rashdi.
U eshitdi. Faqatgina "Malorka" murabbiyi Xaver Agirre o'yinchilardan qasos olishni so'rab bo'lgandi.
Marca'ning yozishicha, kameralar kouch o'yinchilarga nimalar deganini yozib olgan: "Sindiring uni". Vinisius shundan so'ng Agirre bilan munosabatlarni tartibga solish uchun zaxira o'rindig'iga yugurdi. Toni Kroos yosh sherigini to'xtatdi — to'qnashuvning oldi olindi.
Keyinchalik kameralar himoyachi Jaume Kosta Viniga uni boshqa yo'l bilan to'xtata olmasligini aytgan paytlarini yozib oldi.
As'ning yozishicha, haqiqatdan ham ko'pchilikka Vinisiusning gollardan keyingi raqslari yoqmaydi.
Futbolchi klub rahbariyatiga tushuntirish berar ekan, hech kimni xafa qilmoqchi emasligini aytdi. Uning maqsadi — faqatgina "Real"ning g'alabalari va klub muxlislarining quvonchi. Madridliklar ishonishadi, ammo Vinisiusning keraksiz nafratni qo'zg'atayotganidan xavotirlanishadi ham.
Ammo, murabbiy o'yinchi tomonida.
"Meni uni iqtidorini namoyish etadigan ajoyib o'yinchi sifatida ko'raman. Ortiq hech narsa emas. Biz bu mavzu haqida ko'p gaplashmaymiz. Men axmoq yoki kar emasman va nima gaplar gapirilayotganini eshitdim, ammo bu "Real" uchun ham, Vinisius uchun ham muammo emas. Unda ajoyib fazilatlar bor. Raqiblar uni to'xtatishga harakat qilishayotgani odatiy hol. Faqatgina Vinini emas, balki hammani himoya qiladigan qoidalar bor", — deydi Karlo Anchelotti.
Vinisius ijtimoiy tarmoqlarda bayonot bilan chiqdi — Bravoni ksenofobiyada aybladi
"Terining rangi ko'zning yorqinligidan muhimroq ekan, urush bo'laveradi. Mening tanamda shunday so'zlar yozilgan tatiurovka bor. Miyamda doimo shu fikrlar bilan yuraman. Bu men hayotimda amalda qo'llashga harakat qiladigan munosabat va falsafadir.
Baxt to'sqinlik qiladi deyishadi. Evropada g'alaba qozongan qora tanli braziliyaliklarning baxti ko'proq tashvishlantiradi. Ammo, mening g'alabaga xohishim, tabassumim va ko'zlarimdagi chaqnash bundan ham kattaroq. Siz hatto tasavvur ham qila olmaysiz. Men bir bayonotda ksenofobiya va irqchilik qurboniga aylandim. Ammo, bularning barchasi kecha boshlangani yo'q.
Ular bir necha hafta oldin mening raqsimni jinoyatlashtirishni boshlashdi. Bu raqslar meniki emas. Ular Ronaldino, Neymar, Paketa, Grizmann, Joau Feliks, Mateus Kunyaga tegishli... ular braziliyalik fankalar va sambalar, reggeton ijrochilari va qora tanli amerikaliklarga tegishli.
Bu dunyoning xilma-xilligiga bag'ishlangan raqslar. Ularni qabul qiling va hurmat qiling. To'xtamoqchi emasman. Men qashshoqlik juda yuqori bo'lgan va odamlari talim olish imkoni bo'lmagan mamlakatdanman... Ko'p hollarda stolda ovqat yo'q! Odatda tanqidlarga javob qaytarish uchun ommaviy tarzda chiqish qilmayman. Ular menga hujum qilishadi, men esa jim yuraman. Meni maqtashganda ham, jim yuraman. Ishlayman! Men ko'p ishlayman.
Maydonda va uning tashqarisida. Men bolalarni davlat maktablarida hech qanday moliyalashtirishsiz o'qitishga yordam beradigan dastur ishlab chiqdim. Men o'z nomim bilan maktab ochaman. Talim uchun ko'proq narsa qilaman. Men keyingi avlodlar ham men kabi irqchilik va ksenofobiyaga qarshi kurashga tayyor bo'lishlarini istayman.
Doimo o'z ishimning professionali va namunali fuqaro bo'lishga harakat qilaman. Ammo, bu ish bermaydi, bu internetda moda emas va qo'rqoqlarni o'zlari ham tanimaydigan insonlar haqida agressiv ruhda gapirishga undamaydi. Scenariy doim uzr so'rash va "meni noto'g'ri tushunishdi" degan so'zlar bilan tugaydi. Ammo, sen uchun takrorlayman, irqchi:
"Raqsga tushishni to'xtatmayman. Xoh Sambodrome (Rio-de-Janeyroda karnaval va bayramlar uchun mo'ljallangan ko'cha)da, xoh "Bernabeu"da yoki boshqa qaerdadir".
Juda ham baxtli insonning sevgisi va tabassumi bilan. Vinisius Junior".
Braziliyaliklar Vinisiusni qo'llab-quvvatlashmoqda: Neymardan Pelegacha
Bravoning so'zlariga ilk bor Neymar javob qaytardi: "Aldab o't, raqsga tush va o'zingda bo'l! SHunday ekanligingdan xursandman. Qani bolam, keyingi goldan so'ng birga raqsga tushamiz. Raqsga tush, Vini!".
Boshqalar ham chetda qolmadi.
• "Tottenxem"dan Risharlison va "Bayer"dan Paulino shunchaki Vinining raqsga tushayotgan suratini joylashdi.
• "Vest Xem"ning yulduzli yangi o'yinchisi Lukas Paketa terma jamoadagi sherigini tasirli nutqi bilan qo'llab-quvvatladi: "Ogohlantirish, bu hali boshlanishi. Raqsga tush va yana raqsga tush".
• "Barsa"dagi Rafinya ham chetda qolmadi: "Raqsni ko'rishni xohlayman. Men quvonchni ko'rishni xohlayman".
Vinisius qo'llab-quvvatlashlarga sheriklari bilan raqsga tushgan tasirli surat bilan javob berdi.
• Mojaro Pelega qadar ham etib bordi va u tvitterda o'z munosabatini bildirdi: "Futbol — bu quvonch. Bu raqs. Bu haqiqiy kecha. Hali ham irqchilik borligiga qaramay, biz tabassum qilishda davom etishimizga halal berishlariga yo'l qo'ymaymiz. Va biz rasizm bilan shunday kurashishda davom etamiz: baxtli bo'lish huquqimiz uchun kurashish".
"Atletiko" sardori Koke to'g'ridan-to'g'ri Vinisiusni qo'llab-quvvatlamadi-yu, ammo golni nishonlash braziliyalikning ishi ekanligini qayd etdi. "Agar Vinisius gol ursa va raqsga tushishga qaror qilsa — demak bu uning gol nishonlash uslubi. Uni tushunamanmi? Har kim gollarni har xil nishonlaydi, ammo u derbida shu ishni qilsa, unda muammolar bo'ladi", — dedi ispan (derbi "Atletiko"ning uy stadioni bo'lmish "Metropolitano"da bo'lib o'tadi).
"Madrid"ning bosh fan-akkauntlaridan biri Madrid Xtra o'yinchini qo'llab-quvvatlash uchun xeshtegni yo'lga qo'ydi — "Real" muxlislari ularning yulduzi ko'proq raqsga tushishini xohlashadi.
Alisher Ostonov tarjimasi
Fikrlar