Iroq U-20 termasi bosh murabbiyi: "Biz mehnatimiz mevasini totyapmiz"
11 mar 2023 18:38
Yangiliklar
Iroq U-20 termasi bosh murabbiyi: "Biz mehnatimiz mevasini totyapmiz"
- Bugungi g'alabani kiyinish honasida qanday nishonladingiz?
- O'yin ikki jamoa uchun ham juda qiyin bo'ldi. Biz ko'proq qarshi xujumda o'ynadik. Suriya bilan kechgan uchrashuvdan so'ng maydon markaziga katta urg'u qaratdik va bu bizga yordam berdi. Eron terma jamoasinig jismoniy tomonlama kuchli ekanligini bilar edim va shu sabab ko'pgina o'yinchilarni ikkinchi taym so'ngida maydonga tushirdim. Barcha iroqliklarni g'alaba bilan tabriklayman. Biz so'nggi ikki yil ichida ko'p mehnat qilgandik va bugun mehnatlarimiz mevasini oldik. Yaratganga rahmat, U bizni mehnatimizga yarasha rag'batlantirdi.

- Iroq terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqqani etarlimi yoki finalga chiqishni maqsad qilyapsizlarmi?
- Albatta, maqsadimiz – finalga chiqish. Biz hozir mehmonxonaga borib, yarim final va final haqida bosh qotirishni boshlaymiz.
- 20 yil oldingi Emod shunday natijaga erisha olishini tassavur qila olarmidi?
- To'g'risini aytaman, avvalari Iroq futbolida to'pni nazorat qilish bo'yicha muammmo bo'lardi va biz bugungi kunga kelib ushbu muammoni to'g'riladik. Ushbu avlod yaqin 15 yilda Iroq futboli shanini himoya qiladi.
- Ko'p klublar va ko'p jamoalarda ishlagansiz. Bugungi o'yin faoliyatingizdagi eng yaxshi o'yin bo'ldimi?
- Ha, men o'yin oldidan futbolchilardan qo'llaridan keladigan barcha narsani maydonda ko'rsatishlarini so'ragandim. Ular bugun ushbu ishni bajarishdi va biz Jahon chempionatiga chiqdik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar