So’nggi yangiliklar

23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  0 23:32АПЛ. "Манчестер Сити", "Ливерпуль" ва "Челси" жамоалари иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари билан танишинг  1 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  116 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  2 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5 19:45Баҳром Ҳайдаров: "Суперлига ва Про лига жамоалари ўртасидаги фарқ сезилмади"  9 19:31Суперлига учун ўтиш ўйини. "Қўқон-1912" – "Металлург" 1:1. Highlights  1 19:17ФИФА ЖЧ-2034 саналарини белгилашда қийналмоқда  5 18:54"Қўқон-1912" пенальтилар сериясига кўра "Металлург"ни мағлубиятга учратиб, Суперлигага йўл олди. Дарвозабон Азизхон Исақов – қаҳрамон!  97 18:28"Бавария" хавбекига рекорд даражадаги шартномани таклиф қилишга тайёр  1 17:59Аморим 16 ёшли вундеркиндни "Арсенал"га қарши ўйин учун қайдномага киритди  15

Intervyu. Siroj Meliev: "Dinamo"ning Superligaga chiqishiga hech kim ishonmagandi. Endi navbat Pro liga g'olibligiga" Yangiliklar

Intervyu. Siroj Meliev: "Dinamo"ning Superligaga chiqishiga hech kim ishonmagandi. Endi navbat Pro liga g'olibligiga"

Buxoroning "Nurafshon" jamoasi kecha Pro liganing 21-turida "Olimpik"ka mag'lub bo'ldi. Bu o'z-o'zidan "Dinamo"ning Superligaga yo'llanma olishiga zamin yaratdi.

Jamoa ikki yillik tanaffusdan so'ng Superliga yo'llanmasiga ega chiqdi. Samarqand shahri klubi bugun musobaqaning navbatdagi turida Farg'onada "Neftchi" mehmoni bo'lishadi. Biz mazkur uchrashuv oldidan yarim himoyachi Siroj Melievga bir nechta savollar bilan yuzlandik. 

- "Dinamo"ni Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritgani bilan tabriklaymiz. "Nurafshon"ning mag'lubiyati jamoaning muddatidan oldin elitaga qaytishini taminladi. Ayni paytda qanday kayfiyat hukmron? Ushbu xabarni futbolchilar qanday qabul qildi?

- Avvalambor etibor uchun katta rahmat. Butun Samarqand ahlini, muxlislarni Superliga yo'llanmasi bilan tabriklayman. Ushbu yo'lda bizga yaqindan yordam berib kelgan barchaga, xususan "Agromir" kompaniyasiga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ular o'z ko'maklarini qo'ldan kelgancha ayashgani yo'q. Bundan keyin ham shunday bo'ladi, degan umiddamiz. Har bir uchrashuvda o'zgacha tarzda qo'llab-quvvatlab turgan ishqibozlarimizning ham o'rni beqiyos. SHuning uchun biz futbolchilar har bir o'yinda bor imkoniyatimizni ishga solib oxirigacha kurashdik. Ayni paytda barchamiz xursandmiz. Kayfiyatimiz alo darajada. Qilgan mehnatlarimiz samarasiz ketmadi. 

- Bu yil Pro ligada "Neftchi" va "Dinamo" qolganlarga nisbatan tarkib, o'yin jihatdan bir bosh ustun ekanligi ko'rindi. SHuningdek jamoada qaysidir manoda Superligaga tayyorgarlik ham ko'rdik. Yani agarda shu tarkib saqlanib qolinib ayrim chiziqlar kuchaytirilsa Superligada ham kurasha oladi...

- Albatta. Biz mavsum davomida va davralar oralig'ida yaxshi tayyorgarlik olib bordik. Murabbiylarning ko'rsatmalarini to'liq bajarishga harakat qildik. Ko'rinib turibdiki, demak biz to'g'ri yo'ldamiz.

- Elitaga o'z mehnati va mashaqqati bilan chiqishning zavqi ham boshqacha bo'lishi tabiiy...

- Faoliyatimda ilk marotaba Pro liga bahslarida ishtirok etmoqdaman. Oldin faqat Superliga va o'rinbosarlar jamoasida to'p tepganman. Albatta o'z mehnatingiz bilan natijaga erishish yoqimli. Oila azolarimiz ham qo'ng'iroq qilib tabriklashmoqda. Barchaga quvonch ulasha olganimizdan xursandman. Jamoamiz juda ham kuchli. Barcha ahil va bir yoqadan bosh chiqaryapti. Bu esa g'alabalarimizda asosiy omil bo'ldi, deb o'ylayman. 

- "Dinamo"da ko'pchilikka maqul kelgan jihat xarakter ko'rsata olayotganligidir. Guvoh bo'lyapmiz, hisobda ortda borayotganda ham qo'lni tushirmasdan oxirigacha kurashib kerakli natijani o'ziniki qilyapti. Bu jamoaning tabiatiga yoki murabbiyga bog'liq?

- Gapingiz to'g'ri. Biz juda qiyin yo'lni bosib o'tdik. Mag'lubiyatga uchrab turib, yakunda g'alaba qozongan paytlarimiz ham bo'ldi. Tanqidlar ham kuzatildi. Boshida bizning Superligaga chiqishimizga hech kim ishonmagandi. Qiyinchiliklarga duch kelgan bo'lsakda, maqsadimizga erishdik. Bizni mazkur vazifani bajara olishimizga ishondik, deya olaman. Maydonga kim tushishidan qatiy nazar bitta maqsadda harakat qildi. 

- Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning shaxsan o'zi jamoaning Superligaga chiqqani bilan tabrikladi. Nima deb o'ylaysiz, jamoaga qo'shimcha mukofot va bonuslar bormikin?

- Futbolga qaratilayotgan etiborlaridan xursandmiz. Mukofotlar haqida bilmadim. Mavsum hali tugagani yo'q. Oldinda yana uchrashuvlar bor. Ishtaha taom paytida keladi deganlaridek, Superliga yo'llanmasidan so'ng Pro liga g'olibligini qo'lga kiritishni maqsad qilganmiz. Undan keyin ko'ramiz bizni qanday mukofotlar kutayotganligini. Pro ligada birinchi o'rinni qo'lga kiritish yo'lida "Neftchi" bilan uchrashuvga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Fursatdan foydalanib "Neftchi"ni, jamoadagi yaqin do'stlarim, akalarimni Superliga yo'llanmasi bilan tabriklayman. 


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика