So’nggi yangiliklar

19:09Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулоти Остон Ўруновсиз ўтди  1 18:39Остон Ўрунов БААга қарши ўйинда майдонга тушмайдими?  9 18:31Германия Нагельсманн билан шартномани узайтирмоқчи  1 18:00Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз уйида Словенияни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  0 18:00Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Аргентинага қарши иккинчи ўйинни ўтказмоқда (онлайн ҳисоб)  0 17:52Рустам Ашурматов Ўзбекистон МТЖ ихтиёрини тарк этади  4 17:20"Қумқўрғон-1977" Биринчи лигадан четлатилади  1 17:11Фарҳод Нишонов: "Футболчиларим Мессининг олдида "Мессини ёқиб олишди"  2 16:22"Ювентус" "Порту"дан ижарага олинган Консейсау бўйича қарор қабул қилди  1 15:55Эдегор қачон сафга қайтади?  0 15:25"Милан" юлдузи ўзига янги клуб танлади  0 14:58Холанд 2025 йилнинг ёзида испан клубига ўтишга тайёр  1 13:50АҚШ терма жамоаси Почеттино қўл остидаги илк ўйинда ғалаба қозонди  2 13:21Инсайдер Романо Гюлернинг режалари ҳақида гапирди  0 12:48Мухтор Қурбонов: "БАА билан уйда ўйнаётганимизни илк дақиқалардан кўрсатишимиз керак"  3

Intervyu. Serxi Roberto: “Avval menga ishonch etishmasdi” Yangiliklar

Intervyu. Serxi Roberto: “Avval menga ishonch etishmasdi”

“Barselona” tarkibiga klub akademiyasidan qo'shilgan Serxi Roberto asta-sekinlik bilan asosiy jamoa o'yiniga qo'shilib bormoqda.

“Mundo Deportivo” gazetasi muxbiri bilan suhbatda iqtidorli futbolchi jamoadagi holat va boshqa masalalar to'g'risida berilgan savollarga javob qaytardi.

- Faoliyatingizdagi eng yaxshi lahzalarni boshdan kechiryapsizmi?
- O'ylashimcha, ha. O'ynash imkoniyatiga egaman va jamoaga yordam berish mumkin. Menga berilgan imkoniyatdan foydalanib qolishim lozim.

- Qaysi chiziqda o'ynash ko'proq yoqadi – himoyada yoki yarim himoyada?
- “Barselona”da faqat yarim himoyada o'ynab kelganman, biroq hozir himoyada harakat qilishimga to'g'ri kelmoqda. Har ikki poziciyada o'ynash qulay. Oldin himoyaga o'ynamaganim uchun barcha narsa yangi va o'rganib boryapman. Moslashish orqali o'zimni ishonchliroq his qilyapman.


- Keyinchalik o'zingizni qaysi poziciyada ko'rasiz?
- Ko'ramiz. Keyingi uchrashuvda qaysi chiziqda to'p tepishimni bilmayman. Kelajakka nazar tashlashga erta.

- Himoyachilar harakatiga avval etibor berganmisiz?
- Bu men uchun kutilmagan hol bo'ldi. Hech qachon himoyachi vazifasini bajarmagandim. Lekin o'yin uslubimiz tufayli bunga moslashish oson kechdi. Himoyachi qanday o'ynayotganini ko'rishingiz mumkin – himoya va hujumda harakat qiladi. “Barselona”da himoyachilar ham hujum uyushtirish bilan mashg'ul bo'ladi.

- Luis Enrike yozda siz bilan suhbatlashdimi?
- U bilan muloqotda bo'ldik. Meni himoyada sinab ko'rishini aytdi. Tez orada maydonga tushdim va o'zimni ko'rsatdim, shekilli. Aks holda, meni yana shu poziciyada o'ynatmagan bo'lardi. Enrike faoliyatida himoyada o'ynagan davrini eslatdi. Uni deyarli hujumchi sifatida sotib olishgani va faoliyatini deyarli himoyachi rolida tugatganini aytdi.

- O'sha paytda faoliyatingizni boshqa klubda davom ettirish haqida o'ylayotganmidingiz?
- O'tgan mavsum oxirida “Eybar” va boshqa jamoalarga qarshi uy o'yinlarida maydonga tushdim. Bu fikrimni o'zgartirdi. Ha, ketish haqida o'ylagandim. Ko'proq o'ynashni istayman, bu erda esa buni uddalash qiyin. Lekin yozda FIFA bilan yuzaga kelgan va Xavining ketishi bilan bog'liq holatdan keyin ko'proq o'ynashim mumkinligiga ishondim. Murabbiy ham menga ishonch bildirdi.


- Himoyada o'ynashda nima ko'proq maqul keldi?
- Yugurish imkoniyati. Menga to'p bilan yoki to'psiz yugurish yoqadi. Qanot o'yinchisi sifatida o'z darvozamidan raqib darvozasi oldigacha o'yin davomida yugurish mumkin. Bu jismonan qiyin, ammo menga yoqadi. Yana himoyada etiborli bo'lishga to'g'ri keladi. CHunki uchrashuv davomida biz asosan hujum qilamiz.

- Lekin himoyada o'ynashga to'g'ri keladigan va jiddiy raqiblar hujum qiladigan bellashuvlar ham bo'ladi. Masalan, Krishtianu yoki shunday saviyadagi ijrochiga qarshi o'ynash.
- Hozirgacha qarshi hujumda va bir xil uslubda yuguradigan jamoalar bilan to'qnashdik. Lekin ertami-kech yopiqroq uslubda harakatlanishga to'g'ri keladi. Bu ozgina boshqacha bo'ladi, lekin eng yaxshi o'yinimni ko'rsatish uchun intilaman.

- Yarim himoyada emas, himoyada o'ynash tufayli erishilgan muvaffaqiyat haqida nima deya olasiz?
- Gap poziciyada emas. Hozir barqaror o'ynayapman, avval menga ishonch etishmasdi. Ishonch senga xotirjamlik olib keladi. Oldin biror o'yinda harakat qilib, keyin bir oy maydonga tushmasligim mumkin edi. O'shanda xatoga yo'l qo'ymaslik haqida o'ylardim. SHu sababli tavakkal qilmasdim. Hozir barqarorlik oldin qanday o'ynagan bo'lsam, shunday o'ynashga imkon bermoqda. Barqarorlik va ishonch – eng muhim narsalar.

- Jamoa Messiga bog'lanib qolganmi?
- Leo – jahondagi eng yaxshi futbolchi. Usiz qanday o'ynayotganimizni ko'rib turibsiz. Qiyin vaziyatlarda u gollari bilan o'yin taqdirini hal qilgan. Lekin biz jiddiy ishlashda davom etamiz. Uning qaytishiga turnir jadvalida imkon qadar yuqoriroq pog'onani egallab turishimiz kerak.

- Mavsum boshida natijalar yaxshi bo'lmaganiga biror sabab bormi?
- Raqiblar joyida turmaydi. La Liga o'smoqda. Boshqa favoritlar ham har bir o'yinda g'alaba qozonmayapti. Bizga jarohatlar bilan ham omad kulib boqmadi. Kurashni davom ettirish uchun kuchli va birdam bo'lishimiz kerak.

- Aleysh Vidal va Arda Turon jamoaga nima olib keldi?
- Ular mashg'ulotda juda yaxshi ishlashmoqda. Ularga vaqtni jamoa ichida o'tkazish yoqyapti, chunki yanvargacha futbolsiz qolib ketishgan. Arda yarim himoyachi va hujumchi poziciyalarida o'ynay oladi. Aleysh himoyachi yoki qanot futbolchisi o'rnida harakat qiladi. U juda ko'p ishlaydi va chidamli. Ular ko'p mehnat qilishyapti va g'alabalarga hissalarini qo'shishadi.

- Agar yana yarim himoyada o'ynashga to'g'ri kelsa, himoyada to'plangan ishonch yordam beradimi?
- Keyin ro'y beradigan narsa haqida o'ylamayman. Har ikki poziciyadan mendan foydalanishlari mumkin. Men bor kuchimni ishga solaman. Tayanch futbolchisi sifatida maydonga tushirishsa ham vazifam ko'rsatmalarni bajarish. O'ynashdan to'xtasam bu murabbiyning qarori bo'ladi.


- Nega jamoa ko'p to'p o'tkazib yubormoqda?
- Bu savolga javob yo'q. Buning ustida ishlayapmiz. Kamroq o'tkazib, ko'proq urishga harakat qilyapmiz.

- Ter SHtegenga qaratilgan noroziliklar to'g'risida qanday o'ylaysiz?
- Bu unga nisbatan noto'g'ri munosabat. O'tgan yili u Ispaniya Kubogi va CHempionlar ligasini yutishga yordam berdi. Bu mavsumda o'tkazib yuborgan gollari uning vijdoni bilan bog'liq emas. Hamma jamoa gol o'tkazadi. Mark kuchli yigit va bu holat unga muammo bo'lmaydi.

- Jamoa treblni takrorlashi mumkinmi?
- Bizni ko'p narsa kutmoqda. Bu mavsumda yo'limizni endi boshladik. Albatta, uni takrorlashni xohlaymiz. Lekin hozir keyingi uchrashuvga etibor qaratgan maqul.

- “Real” haqida nima deya olasiz?
- Ajoyib jamoa. Ular hech qachon himoyada taslim bo'lishmaydi va ko'p gol urishadi. “Real” – asosiy raqibimiz.

- Benites himoyaviy uslubdagi murabbiymi?
- Bunday o'ylamayman. “Real” yaxshi himoyalanyapti va kam to'p o'tkazmoqda. Ular “Espanol”ni dog'da qoldirganda hech kim bu to'g'risida eslamadi.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика