So’nggi yangiliklar

02:00АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1 (матнли трансляция)  9 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  23 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:56"Реал" — "Эльче". Таркиблар маълум  3 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  2 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2 21:58"ФарДУ" назорат ўйинида жавобсиз еттита тўп киритди  1 21:32Бундеслига. "Бавария" тўққиз киши бўлиб "Байер" билан дуранг ўйнади, "Боруссия Дортмунд" эса ишончли ғалабага эришди  14 20:40Райан Шерки: "Дунёнинг энг яхши футболчиси бўлишни истайман. Агар "Олтин тўп"ни қўлга киритсам..."  2 20:05Ислом Исмоилов: "Финалда тактикадан кўра футболчиларнинг характери юқори планга чиқади" (тўлиқ матбуот анжумани)  21

Intervyu. Massimiliano Allegri: “Maqsadimiz beshinchi skudetto” Yangiliklar

Intervyu. Massimiliano Allegri: “Maqsadimiz beshinchi skudetto”

“Yuventus” bilan debyut mavsumidayoq klub tarixidagi eng yuqori cho'qqilardan birini zabt etgan Massimiliano Allegri trebl qayd etishga juda yaqin keldi. Uning boshchiligida turinliklar Evropaning etakchi klublari bilan deyarli bir xil saviyaga chiqa olishdi. “Gazzette Dello Sport” nashri bilan suhbatda Allegri jamoaning yangi mavsumdagi reja va maqsadlari haqida to'xtalib o'tdi.
“Hozir maosh to'lanadigan tatillar urfda, lekin men bilan bu o'tgan yili sodir bo'lgan. Ishsiz 6 oy o'tirdim va juda zerikdim. Hozir dam olishdaman, lekin tezroq ishga qaytib, iyulda ishtiyoqmand futbolchilarni ko'rishni xohlayman. Katta g'alabalardan keyin ko'p jamoalar duch keladigan pasayishdan qutulib qolishimiz kerak”, - deya gap boshladi Allegri.

- Endi barchasi yomonroq bo'lishidan qo'rqmaysizmi?
- Yo'q, ushbu “Yuventus” o'sish imkoniyatiga ega. Faqat natijani nazarda tutmayapman. G'alabaga yo'lni topish “Yuve”da ishlayotganingda bajarish shart bo'lgan vazifadir. Ushbu yoz hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lishi kerak. Biz jamoa sifatida yanada yaxshiroq bo'lishimiz shart. Maqsad esa o'sha-o'sha qoladi: skudetto, Italiya Kubogi, CHempionlar ligasi. Ketma-ket 5-marta chempion bo'lib, tarixga kirishni istaymiz. Buni uddalash “Yuventus”ga faqat 1930-yillarda nasib etgan. Klub Evropadagi mavqeiini yaxshilashi darkor.

- Berlin finali haqida xayolingizga nima keladi? Finalga qaytish uchun necha yil kerak?
- Birinchi o'rinda oxirgi yillardagi eng yaxshi finallardan birini eslayman. Ajoyib MYUning “Barsa”ga qarshi finalini eslasangiz, ular deyarli maydon markazidan o'tishmagandi. 1:1 hisobi paytida g'alaba qozonishimiz mumkinligi to'g'risida o'ylagandim. Voqealar bunday rivojlanganidan afsusda emasman. To'g'ri, biz zafar quchishimiz mumkin edi. O'zimizga ishonch etishmagandir.

- Ko'proq narsaga erishingiz mumkinmi?
- Albatta. Futbolchilar ko'z yosh to'kkanda yana qachon finalgacha etib kelish haqida qayg'urishmadi, ular yutish mumkin bo'lgan finalni boy berishgani uchun xafa bo'lishdi. Jamoada yangicha fikrlash, o'ziga ishonch ortmoqda. “Yuventus”ning o'sib borayotganidan faxrlanyapman. Mening xizmatim qanchalik ekanini bilmayman, lekin jamoa ishonib bo'lmas darajada o'sishga erishdi. Jamoaviy va alohida o'yinchilar.

- Masalan, Morata.
- Ajoyib va hali o'sadigan yigit. Uning bahosi 70-80 million evroni tashkil etadi. Hozirgi Morataning narxi shuncha. Unga ishona olaman deb o'ylayman. Komanni ham shu qatorga kiritaman. Kingslida katta imkoniyat mavjud. Unga o'zini ko'rsatishi uchun ozgina vaqt kerak.

- Pogbaning sotilishi bilan bog'liq masala qanday?
- Bunday masalani klub rahbariyati hal qiladi, murabbiyga ko'p narsa bog'liq emas. Bazi suamma oldida rad etish qiyin. Lekin Pol qolishga qaror qilsa, u bundan afsuslanmaydi. O'tgan mavsumda erishgan natijamiz birinchi qadamdir. Bizga kelajakdagi jamoani qurish uchun yosh va ishtiyoqli futbolchilardan tashqari tajriba, ruhiy tayyorgarlik va falsafani belgilab beradigan o'yinchilar ham zarur.

- Teves jamoada qoladimi?
- Buni uning o'zi hal qiladi. Kim biz bilan qolsa yanada faolroq ishlashiga to'g'ri keladi. 4 yillik g'alabalar ortida klub rahbariyatining katta mehnati yotibdi. Bu muvaffaqiyatlarni nafaqat qaytarish, balki yaxshilash kerak. Buning uchun kuch va ishtiyoq topishimiz lozim. Oldinda jamoa kelajagi uchun qarorlar qabul qilinadigan vaqt kutmoqda.

- Faxriylar hamon g'alabaga tashnami?
- Tarkibga Berardi, Rugani, Zaza kabi yoshlarni qo'shib olganda barchasini nazorat qiladigan tajribali o'yinchilar kerak. Tarkibda 90-yillarda tavallud topgan futbolchilar talaygina. Evropada Bonuchchi, Kellini va Barcali singari kuchli himoyachilar bormi?

- Buffon - jamoa etakchisimi?
- Asosiy tarkibni chizayotganimda darvozabonni ko'rsatib o'tirmayman. Buffon ajoyib professional va bunday posbon yana qachon tug'ilishi mumkinligini bilmayman. Kuchli futbolchilar bilan ishlaganman, lekin Buffon va Nesta ular orasida alohida ajralib turadi.

- Tarkibga “o'ninchi” raqamli o'yinchini qo'shib olishni so'raganingiz rostmi?
- Ha. Kim nima deyishidan qati nazar menga yuqori saviyali futbolchilar bilan ishlash yoqadi. Oskar xalqaro saviyada farqni yuzaga keltirishi mumkin bo'lgan o'yinchilardan biridir. SHuningdek, Isko, Pastore, Di Mariya, Kroos kabi futbolchilarni yoqtiraman. Ular CHempionlar ligasida qahramonlik qila olishadi.

- Manjukich-chi?
- Hozir biz tarkibga qo'shib olishimiz mumkin bo'lgan hujumchilar ko'p emas. Manjukich, Iguain... Mario yaxshi futbolchi va unga bo'lgan qiziqishga arziydi.

- “Yuventus” bilan yangi shartnoma imzolashingizdan avval tarkibni kuchaytirishni kafolat sifatida talab qildingizmi?
- Buni muhokama qilishdan mano yo'q, klub Evropa darajasidagi jamoa tuzmoqchi. Qarashlarimiz bir-biriga to'la mos keladi. Bizda hamkorlikni davom ettirish uchun xohish yuqori edi.

- Kelasi mavsumda qaysi jamoalarni raqib deb ko'rsatasiz?
- Transferlar davriga ko'p narsa bog'liq. Biz o'z o'rnimizni saqlab qolish maqsadida ishlaymiz.

- Sizni bazida ortiqcha ehtiyotkorlik uchun tanqid qilishadi. Jamoangiz spektakl namoyish etishi yoqmaydimi?
- Ularning o'yini spektakl. Erishilgan natijalardan ko'nglim to'ldi va yo'l qo'yilgan xatolarni tuzatish ustida ishlaymiz.

- Bir necha yildan keyin o'zingizni qaerda ko'rasiz?
- Bilmayman. Agar dengiz o'rtasidagi qayiqda deb aytsam, meni yana zerikarli deb atashadi.

- “Milan” Ibragimovichni qo'shib olmoqchi. Uning qaytishi to'g'risida nima deysiz?
- Ular xavfli. Muxlislar futbolchilarni hamisha oldingidek deb bilib, ulardan ko'p narsa kutishadi. Agar futbolchi saviyasini tushirgan bo'lsa, bu katta afsuslanishga sabab bo'ladi.

- Italiya klublarining Evropada obro'si oshdi. Luis Enrike katenachcho yo'qligi haqida gapirdi, biroq terma jamoani hamon himoyaviy o'yin uchun tanqid qilishmoqda.
- Terma jamoa klublar bilan birga o'smoqda. Iqtidorli yoshlar bor: Rugani, Berardi, Bernardeski, Sturaro, De SHilo, El SHaaravi, Darmian, Mattello. Bu kuchli avlod va Italiya Evropa chempionatini yaxshi o'tkazishiga ishonaman. Futbol davrlardan iborat. Ispaniya 30 yil yutmadi va keyin ajoyib ijrochilar yordamida zafar quchdi. Germaniya g'alabadan keyin darhol federal markazlarga etibor berib, qayta shakllantirishni boshladi. Muvaffaqiyatdan so'ng yanada kuchayish uchun o'zgarishlar qilish zarur.

- Ushbu mavsumda eng yodda qolgan lahza qaysi bo'ldi?
- “Fiorentina” bilan kubokda javob bahsi. Florenciyada futbolchilar katta ishtiyoq bilan chiqishdi va buni unutish mushkul.

- Endi Florenciyada sizni yanada kamroq yaxshi ko'rishadi.
- Gap sportdagi raqobat haqida ketganda barchasi joyida. Men toskaniyalikman va mahalliy qarama-qarshilikka ko'nikkanman.


Behzod NAZAROV tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика