So’nggi yangiliklar

01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 01:01АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 0:0 (матнли трансляция)  4 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  19 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:56"Реал" — "Эльче". Таркиблар маълум  2 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  0 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  2 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2 21:58"ФарДУ" назорат ўйинида жавобсиз еттита тўп киритди  1 21:32Бундеслига. "Бавария" тўққиз киши бўлиб "Байер" билан дуранг ўйнади, "Боруссия Дортмунд" эса ишончли ғалабага эришди  14 20:40Райан Шерки: "Дунёнинг энг яхши футболчиси бўлишни истайман. Агар "Олтин тўп"ни қўлга киритсам..."  2 20:05Ислом Исмоилов: "Финалда тактикадан кўра футболчиларнинг характери юқори планга чиқади" (тўлиқ матбуот анжумани)  21

Intervyu. Igor Golban: “Qo'qonlik muxlislar qarshisida o'ynash yoqimli” Yangiliklar

Intervyu. Igor Golban: “Qo'qonlik muxlislar qarshisida o'ynash yoqimli”

Qo'qon-1912 jamoasining rossiyalik himoyachisi Igor Golban klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.
- Igor Dinamo ustidan qozonilgan g'alaba bilan tabriklaymiz.
- Rahmat. Nihoyat muxlislarimizga quvonch ulashganimizdan xursandman.

- Futbolga qanday kirib kelganingiz barchaga qiziq?
- Meni dadam 6 eshligimda tennisga olib borgan edi, bir yil shug'ullandim va menga unchalik yoqmagan. Dadamga futbolchi bo'laman deganman va 7 yoshimdan boshlab futbol bilan shug'ullanganman.

- Dastlabki jamoangiz qaysi bo'lgan?
-16 yoshimda Sochi shahrining Sochi-04 jamoasi bilan birinchi shartnomamni imzolaganman. Bir yil o'rinbosarlar tarkibida o'ynab ikkinchi yildan asosiy tarkibga kirganman.

- Mana endi O'zbekistondasiz, oldin ham yurtimizga kelganmisiz?
- Birinchi marta kelishim. O'zbekiston menga juda yokdi. CHiroyli shaharlari, tabiati va mehmondo'st insonlari bor. Qo'qon haqida gapirsam bu shahar tarixiy shahar ekan. Eshitishimcha bundan 2 yil oldingi Qo'qon boshqacha bo'lgan ekan. Hozir esa zamonaviy va chiroyli shaharga aylangan.

- Qanday qilib Qo'qonga kelib qoldingiz?
- Dastlab Toshkentning Lokomotiv jamoasiga taklif qilishgan edi, ko'rikdan so'ng malum sabablarga ko'ra ular bilan shartnoma imzolamadik. SHu vaqtda qo'qonliklar taklif bilan chiqishdi va mana Qo'qondaman.

- Jamoa birinchi davrada unchalik yaxshi natijalarni ko'rsata olmaganiga nima sabab deb o'ylaysiz?
- Albatta biz 1-davrada muxlislarimizni natijalarimiz bilan xursand qila olmadik. Sababi jamoamizda  deyarli yangi futbolchilar, bir-birlarini tushunib yaxlit bir jamoa bo'lishimiz uchun malum vaqt kerak bo'ldi. Biz o'yinlarda hisobda yutqazgan bo'lsakda o'yin borasida hech qaysi jamoaga yutqazmadik deb o'ylayman. Vaqt o'tishi bilan mana o'yinimiz shakllanib sekin-asta natijalar ham boshlandi. Paxtakordan ochko oldik, Dinamoni yutdik. O'ylamanki bundan buyog'iga chiroyli o'yin va natijalarimiz bilan muxlislarimizni xursand qilamiz.

 - Igor Dinamo bilan o'yinda g'alab qilindi, lekin o'yin tempi u qadar yuqori bo'lmadi.
- Gapingizga qo'shilaman. Bilasizmi shu kuni samarqandliklar judayam yopiq o'yin taklif qilishdi. O'zlari ham o'ynashmadi bizni ham himoyaga etib olib qiynashdi. SHuning uchun o'yin sekinga o'xshab tuyuldi. SHu kuni havo xam juda issiq bo'ldi, maydonda nafas olish qiyin bo'ldi. O'yinning oxiriga borib raqiblarimiz charchab qolishdi va biz 2ta ketma-ket gol urdik.

- Endigi raqiblarimizning nomlari ancha jarangdor Paxtakor, Nasaf, Olmaliq…
- Bilasizmi menga shunday raqiblar bilan o'ynash yoqadi, sababi sen o'zingni nimalarga qodirligingni, aslida qanday darajadagi futbolchi ekanligingni va bu erga bekorga kelmaganingni isbotlashga imkon bo'ladi. Biz albatta har qanday jamoaga qarshi kurashamiz, shunchaki hech kimga osonlikcha ochko bermaymiz.

- Jamoada kim bilan yaqinroqsiz?
- Hamma bilan. Bizda hamma yigitlar yaxshi, dushmanlar yo'q (kuladi). Albatta Argun bilan yoshlikdan birga o'sganmiz, qalin do'stmiz. Lekin u ketdi, futbol shunaqa. Ko'proq yoshlar bilan Doniyor, Quvondiq bilan hazillashib turamiz. Jamoamiz ahil xamma bir-birini hurmat qiladi. Murabbiylar bilan ham hammasi joyida.

- Qo'qonlik muxlislar haqida nima deysiz?
- Hamma futbolchilar ko'p muxlislar qarshisida o'ynashni yaxshi ko'rishadi. Qo'qonlik muxlislarimizga rahmat ularni natija bilan xursand qila olmagan bo'lsak ham o'yingohga kelishdi. Albatta dastlabki o'yinlardagi kabi o'yingoh  to'lmaetgan bo'lsa ham, har o'yinimizda 6-7 ming muxlis  bizni ajoyib tarzda qo'llab turishibdi. Keyingi o'yinlarda yanayam ko'proq muxlislarni o'yingohga qaytaramiz deb o'ylayman. SHu fursatdan foydalanib jamoamiz nomidan ularga minnatdorchilik bildirmoqchiman. 

- Qo'qonga kelganingizdan afsusda emasmisiz?
- Aksincha bu erdaligimdan yaratgandan minnatdorman. Qo'qonda hammasi yaxshi, rahbarlarimiz bizga hamma sharoitlarni yaratishga harakat qilishyapti. To'g'ri bazida oilamni, qizalog'imni sog'inyapman. SHuning uchun sentyabr oyida terma jamoa o'yinlari sababli chempionatimizda bo'ladigan tanaffus vaqtida uyimga borib kelish uchun rahbariyatdan ruxsat oldim.  O'ylaymanki keyingi yilda Qo'qonda yanada kuchli jamoa bo'ladi.

- Agar jamoa rahbarlari keyingi yilga yangi shartnoma taklif qilishsa nima deysiz?
- Oldin taklif qilishsin, bajonidil ko'rib chiqishga tayyorman.

Bizning malumot:
Igor Valerevich Golban
31.07.1990 yilda Sochida tug'ilgan.  
Bo'yi 1,93sm
Ampluasi: markaziy Ximoyachi.
Rossiya yoshlar terma jamoasida 3ta o'yinda maydonga tushgan.
O'ynagan jamoalari “Jemchujina-Sochi”, “Ximki”, “SHinnik”. “Lokomotiv” Moskva.
Huquqiy jihatdan mavsum so'ngigacha Qo'qon-1912 jamoasi futbolchisi.

Akramjon Mamadaliev suhbatlashdi
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика