So’nggi yangiliklar

03:05АПЛ. "Арсенал" бурчак зарбаларидан урилган голлар эвазига "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  11 02:59ЛаЛига. Мбаппе пенальтидан гол ура олмаган ўйинда "Реал" мағлуб бўлди  27 02:30АПЛ. "Манчестер Сити"да ниҳоят ғалаба, "Ньюкасл" — "Ливерпуль" ўйинида 6та гол ва "Челси"дан йирик ғалаба  17 01:57Турк футболчисига МЮ, "Ливерпуль", "Арсенал" ва ПСЖ қизиқмоқда  0 01:32Жаҳонгир Ортиқхўжаев, "Пахтакор" янги бош мураббийи ва Максим Шацких иштирокидаги матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 00:37Куртуа "Реал" билан шартномани узайтирмоқчи. Дарвозабоннинг вакиллари Саудия Арабистонидан қизиқиш ҳақида билишмайди  1 00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  20 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  122 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  3 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5

Intervyu. Dilshod Nuraliev: "Lokomotiv" asosiy tarkibidagi qisqa faoliyatim men uchun katta dars bo'ldi" Yangiliklar

Intervyu. Dilshod Nuraliev: "Lokomotiv" asosiy tarkibidagi qisqa faoliyatim men uchun katta dars bo'ldi"

Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi avvalgi yillarga qaraganda joriy mavsum yoshlarga, o'rinbosarlar jamoasidan etishib chiqayotgan mahalliy iqtidorlarga ko'proq ishonch bildirmoqda

Bugungi kunda asosiy tarkibda to'p tepayotgan Jaloliddin Jumaboev, Aziz Amonov, Javohir Alijonov, Dilshod Komilov kabi futbolchilar "Lokomotiv" klubi tarbiyalanuvchilari hisoblanishadi. Bunday futbolchilar soni keyingi mavsumlarda yanada oshsa ajablanmaymiz. Bolalar va yoshlar futboli bo'yicha o'z ishining ustasi, ko'plab futbolchilarni o'zbek futboliga tarbiyalab bergan murabbiy Dilshod Nuralievning ushbu klubda faoliyat olib borayotganidan xabaringiz bor. Yaqinda ushbu mutaxassisni suhbatga chorlab ayrim savollar bilan yuzlandik.

- Bu mavsum ko'ryapmizki, "Lokomotiv" klubi o'rinbosarlar jamoasiga katta etibor qaratmoqda. Asosiy tarkibda ham shu vaqtga qadar bir nechta futbolchilar debyut qilishga muvaffaq bo'lishdi. Demak, bu borada o'sish kuzatilmoqda. Dastlab shu haqida fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...

-  Yilni boshida klub rahbarlari o'rinbosarlar yani U 21 jamoasini yoshartirish vazifasini qo'yishdi. SHunga asosan 17-18 yoshli futbolchilarni o'rinbosarlar tarkibiga jalb qildik. O'tgan mavsumda harakat qilgan 3-4 nafar 2000 yilda tug'ilgan futbolchilarni olib qoldik. Hozirda asosiy tarkibda klub tarbiyalanuvchilaridan Jaloliddin Jumaboev, Javohir Alijonov, Dilshod Komilov kabi futbolchilar to'p tepmoqda. Oldimizdagi vazifa asosiy jamoani klub tarbiyalanuvchilari bilan to'ldirishdir. Hozirda bu borada ishlarimiz yomon emas. Futbol maktabimizda yoshlarga etibor qaratilmoqda. Har bir viloyatdan iqtidorli yoshlarni olib kelyapmiz. O'ylaymanki, bu qilinayotgan ishlar yaqin 3-4 yilda o'z samarasini beradi. Xudo xohlasa sizlar shu narsaning guvohi bo'lasizlar.

- Ko'nglingiz to'lmayotgan kamchiliklar va holatlar bormi?

- Hech qaysi murabbiy o'z ishidan yuz foiz qoniqish hosil qilmaydi. Kamchiliklarimiz ko'p, o'rinbosarlar jamoamizda ham bu borada qilinadigan ishlar etarlicha. Jamoamizdagi futbolchilar hali yosh, bir o'yinda yaxshi o'ynasa, keyingi o'yinda bu o'xshamasligi mumkin. O'yinni barqaror yo'lga qo'yish ustida mashg'ulotlarda ishlayapmiz. Asosiy tarkib talabiga javob beradigan yoshlarni tezroq tayyorlab berishimiz lozim. Bu borada ozgina oqsoqlanyapmiz. CHunki, 18 yosh futbolchi asosiy tarkibga kirishi qiyin kechmoqda. Lekin mazkur holatlar ustida mehnat qilyapmiz, harakat qilmoqdamiz. 18 yoshgacha bo'lgan jamoamizda ham iqtidorli futbolchilar bor. Menimcha o'rinbosarlar jamoamiz chempionatdagi eng yoshi deb o'ylayman. Futbol maktabimizga to'xtaladigan bo'lsam, hozirda asosiy guruhimiz "Obod" stadionida ijara asosida mashg'ulotlar olib bormoqda. Klub rahbarlari futbol maktabimiz uchun baza qurishni rejalashtirishgan, loyihasi ishlab chiqilgan. Agarda bu amalga oshsa nur ustiga alo nur bo'lar edi. Asosiy tarkibga qo'limizdan kelganicha har tomonlama mukammal yoshlarni etkazib berishga harakat qilamiz.

-  Nima uchundir doim 17 yoki 18 yoshda juda ko'plab iqtidorlarni yo'qotib kelamiz. Aniqroq qilib aytganda  katta futbolga o'tish davrida futbolchilar jamoasiz qolib ketadi. Bu holat nima bilan bog'liq?

- Bu savolga ikki og'iz gap bilan javob berish qiyin. CHunki, keng ko'lamdagi mavzu hisoblanadi. To'g'ri, 17-18 yoshda ko'p yosh yigitlar jamoalarda o'z o'rnini topa olmaydi. Birinchi liga, Pro liga yoki o'rinbosarlar jamoasi buni farqi yo'q. Jamoasiz qolib ketishi natijasida bir necha oydan so'ng futbolni yig'ishtirib yuboradi. Bu narsa futbolchining o'ziga, tarbiya qilgan murabbiyiga, klub rahbarlariga bog'liq. Futbolchilarga sharoit yaratib berish kerak. "Lokomotiv" misolida oladigan bo'lsak, ikkita ikkinchi liga  bitta U18, U17, U21 jamoamiz bor. O'rinbosarlar jamoasiga kira olmagan futbolchi ikkinchi liga yani Toshkent mintaqaviy chempionatida to'p tepishi mumkin. Ko'ryapsizmi bosqichma-bosqich o'tib borishadi. SHu yo'sinda "Lokomotiv"da ishni yo'lga qo'ymoqdamiz. 18 yoshdagi futbolchini o'rinbosarlar jamoasiga kira olmasa ikkinchi ligada o'yin amaliyotiga ega bo'lishadi. 

- Yana bir achinarli jihati klublarimizda legionerlar uchun milliardlar pul topilmoqdada, yoshlar o'rinbosarlar jamoasidagi futbolchilar etibordan chetdan qolmoqda...

- Men boshqa klublar haqida fikr bildirishga ojizman. Misol tariqasida birinchi galda "Nasaf"ni ko'rsatgan bo'lardim. O'z tarbiyalanuvchilari bilan Superligada yaxshi ishtirok etmoqda. Ikkinchi o'rinda "Bunyodkor". Yaqin yillarda "Lokomotiv" ham shu jamoalarni orasiga qo'shiladi deb o'ylayman.

- Qisqa muddat "Lokomotiv" asosiy jamoasini ham boshqardingiz. Natijalar va o'yinlar haqida ortiqcha gapirishni hojati yo'q. Umumiy fikringiz va taassurotlaringiz qanday bo'ldi? 

- Asosiy tarkibdagi qisqa faoliyatim men uchun katta dars vazifasini o'tadi. Andrey Fyodorov istefoga chiqarilgach  "Qo'qon-1912" bilan o'yin kuni rahbariyat meni vaqtinchalik jamoani boshqarib turishimni aytdi, yangi murabbiy bilan muzokaralar olib borilayotganini takidlashdi. To'g'risi kutilmagan holat bo'ldi. Boisi Boisi jamoani shakllantirishda Fyodorovga yordam berayotgan Andrey Miklyaev bor edi, u jamoani boshqarsa men yordam berishim mumkin deb o'yladim. Jamoa o'sha vaqtda chuqurga tushib qolgan edi. Mutasaddilar jamoaga yangilik olib kirishimni va iloji boricha chuqurdan olib chiqib ketishni so'rashdi. Lekin men buni bajara olmadim. Bu erda futbolchilarni ayblamayman. Ular ham qo'ldan kelganicha harakat qilishdi. Jamoani uchta o'yinda boshqargan bo'lsam etarlicha mashg'ulot qilishga vaqt bo'lmadi. O'yinlar orasi uch kun edi.

- Uchrashuvlardan keyingi matbuot anjumanlarida keskin aytgan gaplaringiz hissiyot bilan bog'liqmi? SHuningdek o'yinni o'z qo'liga oladigan etakchi ham etishmagandek ko'rindi...

- Ha, to'g'ri. Hissiyot sabab deb o'ylayman. CHunki, faoliyatimda bunday mag'lubiyatlarga uchramaganman. O'sha payt ko'p narsa etishmagandi. To'g'risi jamoani jismoniy holati juda yomon edi. Yigitlar tiklanishga ham ulgurishmagandi. Fyodorov jamoani o'ziga moslab tuzgan, o'z uslubiga mos futbolchilarni to'plagan. Transferlar oynasida bir qator futbolchilar qo'shib olindi. Mana Timur Kapadze keldi ikki hafta davomida mashg'ulotlarni olib bordi, futbolchilar jismoniy jihatdan o'zlariga kelib olishdi. Kuzatib borayotgan bo'lsangiz natijalar ham chakki emas.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика