So’nggi yangiliklar

15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  0 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  17 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  1 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   12 09:15Моддий манфат йўлида EЧЛ 25 йиллик ҳамкорликдан сўнг "Adidas" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2 08:46"Агар очколарни йўқотсак, ҳамма нарса тугайди". Гвардиола — "Вест Хэм"га қарши ўйин ҳақида  3 08:20Португалия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун меҳмон либослари суратлари пайдо бўлди  3

Intervyu. Dilshod Ahmadaliev: “Oxirgi marotaba iyun oyida maosh oldik. Ayni paytda holat zo'r emas” Yangiliklar

Intervyu. Dilshod Ahmadaliev: “Oxirgi marotaba iyun oyida maosh oldik. Ayni paytda holat zo'r emas”

“Bunyodkor” jamoasi atrofida yurgan turli gap-so'zlar va klubdagi muammolarga hali hamon barham berilmadi.

Albatta, bu o'z-o'zidan jamoaning ichki muhitiga va futbolchilarning kayfiyatiga tasir qilishi turgan gap. Tabiiyki, bunday holat natijalarning pasayishiga va barqarorsizlikka olib  keladi. Futbolda maydon tashqarisidagi ro'y berayotgan voqealar maydon ichidagi jarayonga bevosita o'z tasirini o'tkazishi sir emas. Xo'sh, klubda shu kungacha biror o'zgarishlar bo'ldimi? Bundan keyin natijalar qanday ko'rinish oladi? Bu borada jamoaning mahoratli futbolchisi Dilshodbek Ahmadalievni suhbatga chorladik.

- So'nggi paytlarda “Bunyodkor” atrofida klubdagi vaziyat bilan bog'liq muammolar haqida gaplar tarqagani yo'q. Maosh, ovqatlanishda muammolar borligi haqida eshitgandik. Bugungi kunda vaziyat qanday?

- Ha, muammolar bor. Agar bo'lmaganida bunday gaplar tarqalmas edi. Maosh masalasiga kelsak, oxirgi marotaba iyun oyida maosh olganmiz. To'g'risi, ovqatlanish yaxshi emas. Oshpazlar qo'lidan kelgancha harakat qilib nimadir tayyorlab berishadi. Qachon pul o'tkazib berishsa hamma narsa bo'ladi deyishmoqda. Lekin, mavsum boshidan beri shu ahvol.

- Superliganing oxirgi ikki turida jamoa muhim bo'lgan ochkolarni yo'qotdi. Turnir jadvalida ham pastga tushdi. AGMK bilan o'yinda durang va Qo'qonda g'alabani qo'ldan chiqardi. Bu yuqoridagi omillarning tasirimi?

- Ha, bu narsalar futbolchilarga ham, jamoa o'yiniga ham o'z tasirini o'tkazmoqda. Agarda bu muammolar bo'lmaganida faqat futbol va o'yinlarga etibor berar edik.

- FIFA kunlarida mashg'ulotlar qanday ruhda ketmoqda? Jamoada ichki muhit va  kayfiyat qanday?

- To'g'risi, ko'pchilikda kayfiyat yo'q desa ham bo'ladi. Mashg'ulotlar ham shunga yarasha o'tyapti.

- Jamoaning hozirgi holati va imkoniyati sovrinli o'rinlar uchun kurashishga etadimi?

- Jamoaning holati zo'r emas. O'zimiz, futbolchilar va murabbiylar bilan birgalikda harakat qilib sovrinli o'rinlarni egallashga harakat qilamiz.

- Faoliyatingiz davomida “Bunyodkor”da uchta murabbiy bilan ishladingiz. Sergey Lushan, Mirjalol Qosimov, Vadim Abramov. Qaysi mutaxassis davrida o'sishga erisha oldim deb o'ylaysiz?

- Menimcha, bu uch murabbiy davrida ham bir xil o'ynadim deb o'ylayman. Har bir murabbiyning o'z uslubi bor.

- “Bunyodkor”da Mirjalol Qosimov davrida ham o'ziga yarasha qiyinchilik va muammolar bo'lgan. Hususan Abramov boshqaruvida ham shu holat kuzatilmoqda. Bu ikki murabbiy futbolchilarni qanday ruhlantira oladi?

- Murabbiylar vaziyatni tushuntirishadi. Har qanday holatda ham o'z ishimizni qilishimiz kerakligini takidlashadi.

- Bilishimizga qaraganda, mavsum boshida jamoani tark etishga yaqin kelgan ekansiz. Xorijda to'p tepish rejangiz bormi?

- CHetdan takliflar hozircha yo'q. Keyingi mavsumni Superliganing boshqa klubida davom ettirsam kerak. Ha, bu yil jamoani tark etishim mumkin edi. Lekin, shartnomam borligi uchun keta olmadim.                                                                      

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика