So’nggi yangiliklar

16:50"Барселона" "Бавария" ҳимоячисини нишонга олди  0 16:25Суперлига. "Сурхон" – "Динамо". Таркиблар маълум  0 16:23Суперлига. "Бухоро" — "Пахтакор" (матнли трансляция)  6 15:58МЮ "Сандерленд"га мағлуб бўлса, Аморимни истеъфога чиқариши мумкин  3 15:20"Лидс" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  1 15:14"ФарДУ" — "Олимпик MobiUz". Таркиблар маълум  0 14:55Миржалол Қосимов: "Тўйдан олдин ноғора чалиб бўлмайди. Ҳаммаси Лёвдан бошланди"  14 14:26Бугун Ўзбекистон Пролигасида 4-давра ўйинлари старт олади  1 13:37"Ман Сити" футболчиси билан шартномани 2031 йилга қадар узайтирди  1 13:13U-20 жаҳон чемпионати-2027. Финалга Ўзбекистон мезбонлик қиладими ёки Озарбайжон?  10 12:50Суперлиганинг 23-турида ҳакамлик таҳлили: нотўғри четлатиш ва белгиланмаган пенальти  4 12:25ЎФА "тилга кирди" ва Каннаваро билан музокаралар ўтказилаётганини маълум қилди  43 12:22Фати "Монако"да ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Барса"дан ижарага олинган вингер 3 та ўйинда 4 та гол урди  6 11:58"Реал", "Атлетико" ва МЮнинг собиқ 28 ёшли футболчиси "Интер Майами"га ўтиши мумкин  2 11:27МЮ ва "Ман Сити" "Бавария" футболчи билан боғланди  6

Intervyu. Abdurashid Ismoilov: “UzDongJu” oliy ligaga chiqish uchun harakat qiladi” Yangiliklar

Intervyu. Abdurashid Ismoilov: “UzDongJu” oliy ligaga chiqish uchun harakat qiladi”

Oliy ligada qatnashish borasida tajribaga ega “UzDongJu” bir necha yillik tanaffusdan keyin yana o'z oldiga kuchlilar safiga qaytishni bosh maqsad qilib qo'ydi.

Abdurashid Ismoilov murabbiylik qilayotgan klub ushbu mavsumni ko'tarinki ruhda o'tkazmoqda. Ortda qolgan 8 turdan keyin turnir jadvalining kuchli uchligidan joy olib turgan “bo'yoqchilar” bu yil oxirigacha kurashishni maqsad qilgan. Jamoa seshanba kuni Toshkentda “Oq-tepa” mehmoni bo'lib, mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, ajoyib o'yin namoyish qildi. SHunchaki, so'nggi daqiqalarda yo'qotilgan “konsentraciya” tayyor bir ochkoni qo'ldan chiqarilishiga olib keldi. Bellashuv yakunlangach, “UzDongJu” ustozi Abdurashid Ismoilovni suhbatga tortdik.

-   Abdurashid aka, dastavval “Oq-tepa”ga qarshi o'tkazilgan uchrashuv haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.
-   Bellashuv biz kutgandek shiddatli, kurashlarga boy tarzda kechdi. “Oq-tepa” safida mahoratli o'yinchilarning borligi va biz poytaxtga ijobiy natija uchun tashrif buyurganimiz bahsning qiziqarli o'tishini taminladi, deyish mumkin. Birinchi bo'limda mezbonlar darvozasini ishg'ol qilish uchun imkoniyatlarga ega bo'ldik. Ammo raqib darvozasi oldida yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Aksincha, maydon egalari standart vaziyatdan keyin hisobni ochdi. Tanaffusdan keyin ham scenariy shunday davom etdi. Biz gol ura olmadik, mezbonlar yana standart holatlarni golga aylantirishdi. Etibor bergan bo'lsangiz, “Oq-tepa” uchchala golini ham standartdan urdi va g'alaba qozondi.


-   Hisob 2:0 bo'lib turganida shogirdlaringiz vaziyatni o'nglashiga ishonganmidingiz?
-   Bu – futbol! Futbol 90 daqiqa o'ynaladi. Biz bellashuvning so'nggi 2-3 daqiqasida mezbonlar darvozasini ikki marta ishg'ol qildik. Hisob tenglashganidan keyin ham yigitlar g'alaba ishtiyoqida hujumga o'tishdi va uchinchi golni urishga harakat qilishdi. Gol urish uchun imkoniyatlarimiz ham bo'ldi. Biroq futbolda yozilmagan qoida bor: sen urmasang, senga urishadi. SHogirdlarim uchinchi golni ura olishmadi, aksincha, mezbonlar so'nggi hujumda g'alaba to'pini kiritishdi.

-   Odatda tabiiy maydonda to'p suradigan klublarning suniy qoplamali maydonga moslashishi qiyin kechadi. Bilamiz, “UzDongJu” uy uchrashuvlarini suniy qoplamali maydonda o'tkazadi. Bugun durangni ushlab qolishga nima halaqit berdi?
-   Durangni ushlab qolishimiz uchun xatolar yo'l qo'ymadi. CHap qanot himoyachimiz Aziz Mahmudov tajribasizlik qildi. Uchinchi golda aynan chap qanotdan maydon egalari standart vaziyatga ega bo'lishdi va bundan unumli foydalanishdi.

-   Mehmonda mag'lubiyatga uchragan klublar ko'proq hakamlar brigadasini ayblaydi. “UzDongJu” bugun mag'lubiyatga uchradi. Yana so'nggi daqiqalarda to'p o'tkazib yubordi. Hakamlar o'yinga tasir o'tkazdi, deb hisoblaysizmi?
-   Menda hakamlarga nisbatan hech qanday etiroz yo'q. CHunki ularni nazorat qiladigan insonlar bor. Nazoratchi hakamlar uchrashuv davomida qabul qilgan to'g'ri va noto'g'ri qarorlarini baholaydi.

-   “UzDongJu”ning O'zbekiston Birinchiligidagi bu yilgi ishtiroki xususida ham gapirib o'tsangiz.
-   Nima deyishim mumkin? Mana chempionatning sakkiz turi ortda qoldi. O'tkazgan uchrashuvlarimizdan xulosa qiladigan bo'lsam, shogirdlarimning harakatlaridan qoniqish hosil qilyapman. Sababi, yigitlar qo'llaridan kelganicha, o'z imkoniyatlari darajasida to'p surishmoqda. Bugun ham ko'rdingiz, bir yarim taym gol ura olmagan futbolchilarim oxirgi besh daqiqada vaziyatni tenglashtirishning uddasidan chiqishdi. Aytmoqchimanki, qo'l ostimdagi o'yinchilar jamoaning yutug'i uchun borlarini berishmoqda. Aslida bugun hisob ertaroq tenglashishi ham mumkin edi, biroq buni uddalay olmadik. Buni “Oq-tepa”ning himoya chizig'ida tajribali futbolchilar harakat qilgani bilan ham izohlash mumkin.


-   O'zbekiston Birinchiligining bu yilgi mavsumi haqida qanday fikrdasiz?
-   Fikrimcha, yangi mavsum anchagina qiziqarli kechmoqda. Buning bir qator sabablari bor. Xususan, jamoalarning saviyasi tenglashmoqda. Qolaversa, klublarda tajribali o'yinchilar bilan bir qatorda iqtidorli futbolchilar ham to'p surayotgani ham chempionatning saviyasiga ijobiy tasir qilmoqda. Qisqasi, birinchi liga o'yinlari o'tgan mavsum qanchalik qiziqarli kechgan bo'lsa, bu yil yanada qiziqarli kechmoqda.

-   Jamoangizning maqsadi qanday?
-   Bizning maqsadimiz bitta – chempionlik! Hali hech narsa yo'qotilgani yo'q. Bizni deyarli butun bir mavsum kutib turibdi. Qo'lni pastga tushirishga erta, deb o'ylayman.

-   Birinchi ligada chempionlik, bu oliy liga degani?! Demak, “UzDongJu”ning maqsadi aniq – oliy liga?
-   Albatta. Xudo xohlasa biz oliy ligaga chiqish uchun harakat qilamiz.

-   Oliy ligaga chiqish yo'lida sizlarga raqobatchilik qilishi mumkin bo'lgan klublarni ayta olasizmi?
-   “Dinamo”, “Cementchi”, “Nurafshon” jamoalari o'z oldiga oliy ligaga chiqish vazifasini qo'ygan. Ammo qolgan klublar ham osonlikcha ochko berib qo'ymasligi aniq.
 

Furqatbek Nishonov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика