"Inter" Tyuramga taklif bilan chiqdi
26 dek 2022 15:39
Yangiliklar
"Inter" Tyuramga taklif bilan chiqdi
Italiyaning "Inter" klubi Franciya terma jamoasi yulduzi Markus Tyuramga uch yillik shartnoma taklif qiladi.
25 yoshli hujumchining "Borussiya" Myonxengladbax bilan amaldagi bitimi iyun oyi oxirida yakun topadi. Futbolchining termasi bilan Qatardagi mundialda ko'rsatgan o'yini uning Evropa bir qator klublarining qishki transferlardagi asosiy nishoniga aylanishiga sabab bo'ldi. Nemis klubi kichik Tyuramni 2023 yildan keyin ham jamoada saqlab qolishga urinib ko'radi. Agar u klubini almashtirishni istasa, Bundesliga vakillari 12 mln evro ishlab olishlari mumkin bo'ladi. Italiya klublari orasida "Yuventus" ham uni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.
Markus joriy mavsum Germaniya klubi tarkibida jami 17 ta o'yinda ishtirok etdi va 13 ta gol urdi. U Osiyodagi Jahon chempionatida 2 ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar