"Inter" Kostichga 5 mln evro maosh va 4 yillik shartnoma taklif qilmoqda. "Ayntraxt" esa xavbekni 15 mln evroga sotadi
19 apr 2022 12:57
Yangiliklar
"Inter" Kostichga 5 mln evro maosh va 4 yillik shartnoma taklif qilmoqda. "Ayntraxt" esa xavbekni 15 mln evroga sotadi
Xavbek Filip Kostich mavsum so'nggida katta ehtimol bilan "Ayntraxt"dan ketadi.
29 yoshli Serbiya terma jamoasi o'yinchisining yangi agentlari "Inter" bilan muzokaralar olib bormoqda.
Milan klubi Kostichga yiliga 5 mln evro va 4 yillik shartnoma taklif qilishmoqda.
"Ayntraxt" esa yarim himoyachini taxminan 15 mln evroga sotishga tayyor, ammo taklif hali kelib tushmadi.
Kostichning nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Futbolchi Bundesliga doirasidagi 27ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 8ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar