"Inter" CHalxanogluni jarimaga tortmoqchi
25 iyu 2022 23:46
Yangiliklar
"Inter" CHalxanogluni jarimaga tortmoqchi
Yarim himoyachi Hoqon CHalxanoglu yaqin vaqtlar ichida klubi tomonidan jazolanishi mumkin.
"Football Italia" xabariga ko'ra, Milan klubi futbolchining o'zini tutishidan mamnun emas. Futbolchi oldinroq jamoa bosh murabbiyi Simone Inzagi borasida intervyu bergani klubga maqul kelmagan. Endi futbolchi uning gaplarini noto'g'ri talqin qilgani uchun jurnalistlarni ayblagan.
"Bosh murabbiyimizni umuman tanqid qilmadim. Uni ajoyib murabbiy deb bilaman. Meni noto'g'ri tushunishgan", - dedi turkiyalik futbolchi.
Ushbu mavsumda 28 yoshli futbolchi "Inter" tarkibida 46 o'yinda qatnashib, 8 gol va 13 assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yil yoziga qadar davom etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar