Instat. "Roma" - "Barselona" o'yini haqida qiziqarli statistik malumotlar
11 apr 2018 11:31
Yangiliklar
Instat. "Roma" - "Barselona" o'yini haqida qiziqarli statistik malumotlar
"Barselona" "Roma"ga qarshi CHempionlar ligasi chorak final javob o'yinida o'z yarim maydonida 24 marta to'pni oldirib qo'ydi.
InStat malumotlariga ko'ra, CHLning bu mavsumida "Barselona" bilan bunday natija qayd etilmagan (o'rtacha har o'yinda 12ta yo'qotish).
"Roma" CHL javob uchrashuvida havodagi kurashlar soni bo'yicha "Barselona"dan sezilarli darajada ustunlik qildi. Rimliklar "ikkinchi qavatda"gi kurashlarning 75%da g'alaba qozondi, bu ularning mavsumdagi shaxsiy rekordi bo'ldi. Havodagi kurashlarda Juan Jezus (6/6), Daniele De Rossi (4/4) va Kostas Manolas (3/3) eng yaxshi natijani qayd etishdi.
"Roma" himoyachisi Kostas Manolas "Barselona"ga qarshi bahsda uzatmalar bo'yicha maydondagi barcha futbolchilardan kamroq xatoga yo'l qo'ydi. Kurashlarda g'olib bo'lish (89%) va uzatmalar soni bo'yicha (92%) u eng yaxshi natijaga erishdi.
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar