InStat. Kechagi CHL o'yinlaridagi qiziqarli statistik malumotlar
12 apr 2018 12:52
Yangiliklar
InStat. Kechagi CHL o'yinlaridagi qiziqarli statistik malumotlar
InStat malumotlariga ko'ra, italiyalik "Santyago Bernabeu"da 5ta seyv amalga oshirdi. Bungacha Buffon 8ta uchrashuvda 8ta seyv amalga oshirgan.
Hujumchi Krishtianu Ronaldu ketma-ket CHempionlar ligasining 11-o'yinida gol urdi va "Real"ni yarim finalga olib chiqdi. Bu turnirdagi har bir bahsda Ronaldu kamida 4ta zarba bergan (o'rtacha 6,8). Zarbalar bo'yicha ikkinchi futbolchi Lionel Messi, biroq uning jamoasi musobaqani tark etdi.
"Bavariya" yarim himoyachisi Aren Robben "Sevilya"ga qarshi javob o'yinining eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Gollandiyalik 9 marta raqibni aldashga urindi va barchasi muvaffaqiyatli amalga oshirdi. U eng ko'p golli vaziyat yaratishga erishdi (4ta). Biroq na Robben, na uning jamoadoshlari gol ura olishmadi.
Fikrlar