So’nggi yangiliklar

00:50Ямал жароҳати туфайли "Нюкасл"га қарши ўйнамайди  0 00:10ЕЧЛ. "Реал Мадрид" илк турда "Марсел"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  90 00:00ЕЧЛ. "Арсенал" илк турда "Атлетик"ка қарши ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  26 23:24Элит ОЧЛ. "Трактор" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади. Хамробеков 78-дақиқада майдонга тушди  0 23:08ЕЧЛ. "Ювентус" - "Боруссия Д". Таркиблар маълум!  5 22:33"Милан" ва "Интер" "Сан-Сиро"ни сотиб олиш бўйича шаҳар маъмурияти билан келишиб олишди  0 22:03"Бу мағлубиятдан фожеа ясаш керак эмас, Осиё гранди билан қўрқмай ўйнагани учун ҳам раҳмат" — "Ал Аҳли" - "Насаф" учрашуви мутахассис нигоҳида   14 21:11Ўзбекистон футзал бўйича Японияга мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:58 "Навбаҳор" футбол мактаби "Аякс" футбол академияси бошқарувига берилади   11 20:43Фарҳод Нишонов: "Про лигага ВАР албатта керак"  0 20:2237 ёшли Мата Австралия чемпионатида жамоасини ўзгартирди  1 20:02Мирко Еличич: "Олимпик-MobiUz" – сифат ва тезлик бобида ажралиб турадиган, ҳужумкор ўйнайдиган жамоа"  0 19:44Аббосбек Ўлмасбеков: "Осиё Кубоги саралашида ҳар учала ўйинда ютишни ният қилганмиз"  1 19:13Ромеро: "Месси ЖЧ-2026га келиб яхши формада бўлади"  9 18:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Японияга имкониятни бой берди  14

Instat Coca Cola Superliga uchrashuvlari tahlilini amalga oshiradi va klublarga o'yinning batafsil statistikasini taqdim etadi Yangiliklar

Instat Coca Cola Superliga uchrashuvlari tahlilini amalga oshiradi va klublarga o'yinning batafsil statistikasini taqdim etadi

Teglar :  Instat
Bilasiz, InStat futbol uchrashuvlari hamda alohida futbolchilarning o'yinlari bo'yicha chuqurlashtirilgan statistik malumotlarni taqdim etadigan jahondagi etakchi sport analitikasi bilan shug'ullanuvchi kompaniyalardan biri sanaladi.

InStat kompaniyasi o'yinlarning batafsil tahlili, futbolchilarning maydondagi harakatlari, ularning jismoniy faolligi, foydalilik ko'rsatkichlari, maydonda bosib o'tgan masofasi-yu raqib bilan yakkakurashlardagi ustunligi borasida analitik materiallar tayyorlaydi va shu bilan birgalikda video analiz amalga oshirib keladi. 

Mazkur kompaniya jahonning ko'plab grand klublari bilan birgalikda bir qator etakchi ligalar bilan ham hamkorlik qiladi. Endilikda O'zbekiston Professional futbol ligasi ham InStat  bilan o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'ydi. 

Mazkur hamkorlik doirasida Coca Cola Superliga klublari o'z o'yinlari hamda futbolchilarining chuqurlashtirilgan statistik malumotlarni bepul tarzda olish imkoniyatiga ega bo'lishadi, barcha harajatlar O'zPFL tomonidan qoplanadi. 

Har bir klubga o'z o'yinining 60 varoqdan iborat batafsil statistikasi taqdim etiladi. SHuningdek, har bir uchrashuv oldidan klublar bosh murabbiylari raqib jamoaning so'nggi 3 ta o'yini chuqur tahlili bilan tanishib chiqish imkoniyatiga ega bo'ladi. Qolaversa, har bir jamoa va uning futbolchisi o'yini bo'yicha alohida videokesmalar tur yakuniga ko'ra o'sha klubga taqdim qilib boriladi. 

InStat bilan O'zPFL hamkorligi doirasida klublarimiz, shuningdek o'z safiga xorijlik futbolchilarni qo'shib olishda ham qator afzalliklarga ega bo'ladi. Yani klublar InStat Scout video-platformasiga kirib, 5 ta xorijiy mamlakat chempionatini kuzatish, ularda o'ynayotgan futbolchilarning harakatlari tahlili va videokesmalari bilan tanishishlari mumkin bo'ladi. 

Qayd etish joiz, futbol uchrashuvlarining chuqur va keng tahlili yuritilishi murabbiylar uchun jamoaning kuchli va biroz oqsayotgan jihatlarini yaqqol bilib olish, har bir raqibga nisbatan alohida taktika tuzish, o'yinchilarning ustun va kamchilik jihatlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo'yicha ishlashda ancha naf beradi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика