Inesta Yaponiyada soliqlardan qochishda ayblanmoqda. Gap bir necha million evro haqida ketmoqda
22 mar 2024 22:20
Yangiliklar
Inesta Yaponiyada soliqlardan qochishda ayblanmoqda. Gap bir necha million evro haqida ketmoqda
Andres Inesta Yaponiyada soliqlardan bo'yin tovlashda gumon qilinmoqda. Yaponiya soliq idoralari Andresdan 580 mln iena (taxminan 3,5 mln evro) talab qilishmoqda.
Ayblovga ko'ra, "Vissel Kobe" sobiq futbolchisi mamlakatda bo'lgan paytida o'z daromadlarini to'liq ko'rsatib o'tmagan. Aniqrog'i, Inesta "Vissel Kobe"da o'ynagan davrida (2018-2023 yillar) 860 mln iena (5,2 mln evro) miqdoridagi daromadi haqidagi malumotni soliq organlariga taqdim qilmagan.
Hozirda Yaponiya hukumati Inestadan yaqorida aytib o'tilgan 580 mln iena (taxminan 3,5 mln evro) miqdoradagi summani talab qilmoqda. Bu summa ichida o'z vaqtida to'lanmagan soliqlardan hosil bo'lgan peniya ham bor.
Malumot uchun, ayni damda Andres Inesta BAAning "Emireyts" klubida faoliyat olib bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar