Inesta: "Man Siti" va PSJ - ECHL favoritlari
17 noy 2022 16:18
Yangiliklar
Inesta: "Man Siti" va PSJ - ECHL favoritlari
Unga bu borada savol berilganda afsonaviy o'yinchi qo'yidagicha javob qaytardi:
“CHempionlar Ligasi favoritlari? Juda yaxshi jamoalar ishtirok etadigan turnirda nima bo'lishini oldindan aytish qiyin. Men “Manchester Siti” va PSJni yana g'alaba qozonish uchun yaqin keladigan kuchli jamoalar, deb bilaman. Ajoyib formada bo'lgan boshqa jamoalar ham bor, ammo ular tanaffusdan keyin fevral oyida qanday holatda bo'lishini bilmaymiz. Masalan, “Napoli” guruh bosqichini ajoyib o'tkazdi, keyinchalik nima bo'lishini ko'ramiz. “Liverpul” va “Real”da ham hammasi joyida.
La Ligaga keladigan bo'lsak, favoritlar “Barselona” va “Real Madrid” bo'lib qoladi. Umid qilamanki, “Barsa” g'alaba qozonadi, aks holda ularning loyihasiga bo'lgan ishonchga katta zarba bo'ladi”.
Eslatib o'tamiz, Evropa CHempionlar Ligasi 1/8 bosqichida PSJ “Bavariya” bilan o'ynaydi, “Manchester Siti” esa “RB Leypcig” to'sig'idan o'tishi kerak bo'ladi, “Napoli” musobaqani “Ayntraxt”ga qarshi o'yin bilan davom ettirsa, “Liverpul” - “Real Madrid” o'yini muxlislarga yana bir bor hayajonli onlarni taqdim qilishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar