So’nggi yangiliklar

23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  1 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  6 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  12 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  27 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0 18:19Нойер жароҳат олди  7 17:50Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгесининг Раиси "Арал" жамоаси аъзолари билан учрашди  12 17:25Гвардиола: "Жуда қийин бўлди, "Кристал Пэлас" жуда кучли"  3 17:08TVCOM'да бугунги тақвим: АПЛ ўзбек шарҳида ва бошқалар  0 16:39ФИФА платформасига интеграция: ПФЛ клубларга қатъий талаб қўйди  1

Ilyos Zeytullaev: "Bunday ajoyib hissiyotlarni faqatgina futbol bera oladi. Nosir Abdusalomovni o'tgan yildan beri kuzatib kelaman" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Bunday ajoyib hissiyotlarni faqatgina futbol bera oladi. Nosir Abdusalomovni o'tgan yildan beri kuzatib kelaman"

Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "So'g'diyona" (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Ilyos Zeytullaev fikrlarini bildirdi.

"Bunday hissiyotlarni faqat futbol bera oladi. Buni hozir yigitlarga ham aytdim. O'tgan yili jamoaga kelganimdan buyon bunday emociyani hali boshimdan kechirmagandim. Jamoam shunday ajoyib ish qildiki, kimnidir ajratib ko'rsatish qiyin. Deylik, Temurxo'ja Abduxoliqov sardor sifatida katta hajmdagi ishni bajaryapti, darvozabonimiz Abdumavlon Abdujalilov umuman jamoamiz juda ahil va inoq",- deydi Zeytullaev

- Birinchi bo'limda "Bunyodkor" futbolchilari juda sekin o'ynashdi. Vaziyatlar ko'p bo'lgani yo'q. Ikkinchi bo'limda esa tezlik qo'sha olishdi. Shroller ikkita golda ishtirok etdi. Murabbiy sifatida jamoangizni vaziyatdan qanday olib chiqib ketdingiz?

- O'yinni ko'rib chiqib keyin bu haqida xulosalar qilish mumkin. Shu o'rinda bu menga ham qiziq, chunki yomon o'yin ko'rsatganimiz yo'q. Birinchi bo'lib gol o'tkazib yubordik, "Dinamo" bilan bahsni solishtirganda himoyada kuchsizroq harakat qildik. Yigitlar bilan tanaffusda gaplashib oldik, tanaffusga qadar bitta gol urganimiz ham ruhan ustunlik berdi deb o'ylayman. Zaxiradan tushganlar ham o'zlarini ko'rsata oldi deya olaman. 

- Nosir Abdusalomov birinchi davra kashfiyoti bo'la oldi. Umuman bunday yoshlar ko'p. Ular shunchaki raqobatda yutqazyaptimi yoki mashg'ulotlarda farq bilinmoqdami?

- Biz yoshlarga imkon berishda davom etamiz. Masalan, oxirgi o'yinlarda Narimon Ahmadjonov o'ynadi. Farruh Ibrohimov, Nosir Abdusalomov va boshqalar. Faqat biroz sabr va vaqt kerak. Nosirni o'tgan yildan kuzatib kelayotgandim. Unda Superligada o'ynash uchun barcha narsa bor edi. 

- Azizbek Amonov avval o'ynagan jamoalarida yorqinroq ko'rinardi. Oldingi chiziqda faol harakat qilardi. "Bunyodkor"da u vazifasini hali bilmayotgandek...

- Aziz professional futbolchi. Legioner bo'lib o'ynagan, terma jamoada to'p tepgan. Faqatgina biroz o'zini o'yinini topib olishi kerak. Unga yordam beramiz, ishonamanki hali jamoaga ko'p foydasi tegadi.

- Oxirgi oylar siz uchun o'ziga hos davr bo'ldi. Ilyos Zeytullaev qiyin pallada o'ziga o'zi qanday motivaciya berib chiqib ketdi?

- Bunday pallada faqatgina xudo kuch beradi. Ikkinchidan bunday ahil jamoani tashlab keta olmayman. Men va murabbiylar shtabim qo'limizni tushirishga haqqimiz yo'q edi. Futbolchilar bizga qarab kayfiyatini belgilaydi. Bu o'rinda men butun murabbiylar shtabimga katta rahmat aytmoqchiman. Qo'l ostimda ajoyib mutaxassislar jamlanishgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика