So’nggi yangiliklar

21:14"Ҳар бир олинган очко бизни Жаҳон чемпионатига яқинлаштирмоқда" – Отабек Шукуров  2 20:40ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон Тошкентдаги ажойиб оқшомда БААдан устун келди  470 20:38ЖЧ-2026 саралаши. Эрон – Қатар. Таркиблар аниқ!  8 20:15Погба: "Ҳеч қачон "ҳеч қачон" дейиш керак эмас"  2 19:48Бонуччи фаолиятидаги энг мураккаб рақибни айтди — у Месси ёки Роналду эмас  1 18:43"Манчестер Юнайтед" 6 миллионга сотган футболчисини 20 миллионга қайтариб олмоқчи  1 18:02Ўзбекистон - БАА: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  5 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Иккита автогол урилган ўйинда Япония ва Австралия очколарни бўлиб олишди  19 17:32ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА: "Бундёкор" стадиони ўйинга тайёр  11 16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  9 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  3 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  2 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  6 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0

Ilk qadamlardan to professional futbolgacha birga o'sgan egizaklar bir-biriga qarshi Yangiliklar

Ilk qadamlardan to professional futbolgacha birga o'sgan egizaklar bir-biriga qarshi

"Ayaks" tarbiyalanuvchilari bo'lgan egizak aka-ukalar ilk bor raqib sifatida ro'baro' keldi.

O'yindan oldingi kechani ular uyda o'tkazgan. Futbolchilarning onasi uchrashuvni hayajon bilan tribunadan kuzatdi.

Yakshanba kuni ko'plab grandlar qatorida "Ayaks" ham kutilmaganda mag'lubiyatga uchradi. Amsterdamliklar chempionatni qatorasiga 7 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriya bilan boshlagandi (to'plar nisbati 30:1), "Utrext"ga yutqazib qo'yishdi.

Bellashuvdagi yagona gol 77-daqiqada "Utrext" himoyachisi Jango Varmerdam tomonidan kiritildi, golli uzatmani esa 61-daqiqada zaxiradan tushirilgan 20 yoshli Kvinten Timber amalga oshirgandi. 

Uning egizak-akasi "Ayaks" azosi Yurrien Timber, samarali harakatlar amalga oshira olmagan bo'lsa ham, to'liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi. Bu Kvinten uchun egizagining o'yini borasida hazillar qilishi uchun qulay fursat edi, sportchilar hamon bir uyda istiqomat qiladilar (Utrext va Amsterdam o'rtasidagi masofa bor yo'g'i 40 km). Biroq Yurrien "suvdan quruq chiqishga" imkon topdi.

"Baxtimga, ertaga terma jamoa ixtiyoriga borib qo'shilaman. SHunday ekan men malum vaqt uni ko'rmay turaman", – deb hazil qildi u o'yindan so'ng.

"Ayaks" tanaffusdan oldin 19 ochko bilan etakchilikni saqlab turibdi, lekin "Utrext" 17 ochko bilan uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Aka-ukaning onasi Merilin bu o'yinda har ikki o'g'li uchun qayg'urgani turgan gap.

Timberlar – "Ayaks" tarbiyalanuvchilari, ammo shu yoz Kvinten "Utrext"ga ko'chib o'tdi. Ular ilk bor maydonda bir-birlariga qarshi to'qnash kelishdi. Qahramonlarimizning onasi hissiyotlari g'alatiroq bo'lganini "De Telegraaf"ga bergan intervyusida aytib o'tdi: "Bu butkul o'zgacha. Birga katta bo'lgan, barcha ishni birga bajargan ikki yigit birdan maydonda qarama-qarshi holatda. Biz butun hafta davomida shu o'yin haqida gaplashdik. Bolalar bitta xonada uxlashadi va kechalari bolaxonada uyqudan avval ham bo'lajak o'yin haqida gaplashib o'tirishardi.

O'yin kuni onalari o'g'illariga tasirli murojaat yo'lladi: "Bu urush emas. Gap g'alaba yoki mag'lubiyatda ham emas. Har qanday qiyinchiliklarda ham bir-biringizni qo'llab-quvvatlang. Bir vaqtlardagi ajoyib kunlardagi kabi. Bolalikdagi orzular, qishning sovuq tonglarida maktab tomon birga o'tilgan yo'l. Bu 90 daqiqa haqida emas, 20 yillik aka-uka muhabbati haqida. Men sizlar bilan faxrlanaman. Doimo sog'-salomat bo'linglar, o'pib qolaman. Onangiz".




Darvoqe, qahramonlarimiz ona familiyasini olishgan. Otalarining familiyasi – Maduro familiyasi ostida ular 2018 yil fevraliga qadar harakat qilishdi, biroq keyin nomalum sabablarga ko'ra, uni alishtirishga qaror qilishdi. Aka-ukalar onalarini o'zlarining kumirlari deb atashadi, chunki aynan u besh nafar farzandni tarbiyalagan.

"Har o'yin bir narsa haqida o'ylayman: "Men onam zavqlanishiga imkon yaratib berishim zarur". Mening eng katta motivaciyam oyim, — deydi Yurrien. — SHu kungacha ular biz uchun juda ko'p narsa qilganlar va endi biz javob berishimiz mumkin. Onam doim ishlardilar, besh nafar farzandni tarbiyalab, yana bizning o'yinlarimizga borishga ham imkon topardilar. Biz juda bog'lanib qolganmiz va shu sabab hamon bir uyda yashaymiz".

2018 yil aka-ukalar Niderlandiya termasi safida U-17 Evroda g'olib bo'lishdi. Ular barcha yosh toifasidagi terma jamoalardan o'tishdi, lekin markaziy himoyachi Yurrien milliy terma safida ham 6ta o'yinda ishtirok etib ulgurgdi (etiborlisi, Evroning to'rtta o'yinidan uchtasida u maydonga tushirildi).



Sentyabrda Turkiyaga qarshi o'yindan avval Kvintenni ham termaga chaqirishgandi.

Kvinten APL haqida orzu qiladi: "Angliya ligasi — juda qiziqarli, bu aniq mening orzum. Har hafta shiddatli o'yinlar, hayajon. Va har uchrashuvda shu avvaldan takrorlanadi".

Yurrienning fikrlari esa "Barselona" bilan "band". "Oxirgi paytlar bu haqida ko'p eshityapman. Menimcha, bu "Ayaks" qaysidir jihatlari bilan "Barselona"ga o'xshashligi uchun bo'lsa kerak. To'pga egalik qilish, yuqori himoyalanishni bilish. Har ikki klub himoyachilaridan shu narsani talab qiladi. "Barselona" — chiroyli klub. Hech kim "yo'q" demadi, biroq hozir menga shu erda, "Ayaks"da yaxshiroq, — deb tan oladi Yurrien AD.nl nashriga bergan intervyusida.

Amsterdamliklar ustozi Erik ten Xag "Barsa"da Ronald Kumanga o'rinbosarlar qatorida favoritligini inobatga olsak, yaqin kelajakda Yurrienni La Ligada ko'rish variantini imkonsiz deb bo'lmaydi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика