So’nggi yangiliklar

23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  21 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  51 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  216 21:03"Бешиктош" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  24 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  2

Ilhomjon Qunduzov: “Hech qachon “Qo'qon-1912”ni yolg'izlatib qo'ymaymiz” Yangiliklar

Ilhomjon Qunduzov: “Hech qachon “Qo'qon-1912”ni yolg'izlatib qo'ymaymiz”

Zamonaviy futbolda muxlislar klubi katta rol o'ynayotgani hech kimga sir emas. Axir futbol muxlislar uchun o'ynaladi.

Bunga monand ravishda O'zbekiston chempionatida ishtirok etayotgan har bir jamoa ham – o'z ishqibozlar klubiga ega desak mubolag'a bo'lmaydi.

Yil boshida  Qo'qonda ham mana shunday muxlislar klubi o'z faoliyatini boshadi va bugungi kunga kelib, barchaning havasini keltirmoqda.

Muxlislar klubi vakillari ko'p hollarda jamoaning mashg'ulotlarini ham ko'zatib borishmoqda. Futbolchilarga dalda bo'lishmoqda.

Qahramon Isroilov va Ilhomjon Qunduzov boshchilik qilayotgan “Qo'qon-1912” muxlislar klubi jamoani qo'llab-quvvatlash maqsadida safar o'yinlariga doim borayotgani jamoaga qo'shimcha kuch baxsh etayotgani aniq. Muxlislar klubi azolarining Buxorogacha borishgani tahsinga sazovor. O'z navbatida muxlislarga klub tomonidan ham qulayliklar yaratib berilmoqda. Qo'qonda azaldan futbolni sevishadi. Bu erdagi ishqibozlar respublikada etakchilar qatorida tilga olinadi, desak xato bo'lmaydi.

– Barchasini yaxshi tashkil etganimiz bois, safarga borib kelishda qo'qonlik muxlis muammoga duch kelishmayati, deydi Ilhomjon Qunduzov. – Yil boshida muxlislar klubi bilan maslahatlashgan holda ishga kirishganmiz. O'shanda maqsadimiz – Qo'qonda ishqibozlik madaniyatini ijobiy manoda ko'rsatib qo'yish edi. Bunga erishdik deb o'ylayman. Har holda, safimiz kundan-kunga kengayib bormoqda. Boshqa jamoalardagi muxlislar klubi vakillari biz bilan hamkorlik qilishga intilishmoqda. Qo'qonga kelgan muxlislar klubi azolari bu erda xursand holda ketishlarini taminlayapmiz.

Barchamizni niyatimiz bitta – jamoamizni yaxshi va yomon kunlarida har tomonlama qo'llab-quvvatlab, dalda bo'lish.  Muxlislar klubi tashkil topganidan keyin jonbozlik ko'rsatib kelayotgan ashaddiy muxlislarga o'z minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman. Aynan ularning sai-harakatlari evaziga bir qator rejalar tuzib, rivojlanish sari odimlayapmiz. Hech qachon “Qo'qon-1912”ni yolg'izlatib qo'ymaymiz. Biz doimo sen bilan birga “Qo'qon-1912”, deb so'zini yakunladi Ilhomjon Qunduzov.

CHindan ham “Qo'qon-1912” jamoasi muxlislar uchun o'ynaydi. Ularga xursandchilik ulashish barchaning maqsadidir. O'z navbatida muxlislar klubi jamoaning bir bo'lagidir.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика