Ilhom Yunusov “Qizilqum” bilan xayrlashdi
27 dek 2017 13:06
Yangiliklar
Ilhom Yunusov “Qizilqum” bilan xayrlashdi
So'nggi ikki mavsumni Navoiyning “Qizilqum” jamoasida o'tkazgan tajribali yarim himoyachi Ilhom Yunusov yangi mavsumni boshqa jamoada davom ettiradi.
Bu haqda futbolchining o'zi saytimizga malum qildi.
-Navoiydagi faoliyatim davomida qo'ldan kelguncha muxlislarni, rahbariyatni xursand etishga harakat qildim. Menga ishongan barcha-barcha o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Navoiydagi faoliyatim esda qolarli bo'ldi. Jamoaning jonkuyar muxlislariga alohida tashakkur bildiraman,- deydi Ilhom Yunusov.
Samarqandlik yarim himoyachi ayni paytda bir qator takliflarni ko'rib chiqmoqda.
Yunusov “Qizilqum” safida oliy ligada 58ta o'yin o'tkazib 16ta gol urishga erishdi.
Fikrlar