So’nggi yangiliklar

18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  0 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  4 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  0 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  4 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  3 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  31 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  2 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0

Ilhom Mo'minjonov unga bo'lgan tuhmat, Omon G'ofurovning bo'xtonlari, O'FA bilan sudlashishi, "Navbahor"dan ketgani va Turg'unboev "Paxtakor"da o'ynamoqchi bo'lgani haqida sensacion intervyu berdi Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov unga bo'lgan tuhmat, Omon G'ofurovning bo'xtonlari, O'FA bilan sudlashishi, "Navbahor"dan ketgani va Turg'unboev "Paxtakor"da o'ynamoqchi bo'lgani haqida sensacion intervyu berdi

Kuni kecha saytimizga "Navbahor" hamda "Surxon" jamoalarining sobiq bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov murojaat qildi va intervyu berib, bazi haqiqatlarni oshkor etmoqchi ekanligini malum qildi.

Xabaringiz bor, O'FA tomonidan Aziz Turg'unboevning transfer masalasi hamda kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgani aniqlangan Ilhom Mo'minjonovni dastlab 1 yilga, keyinchalik ushbu diskvalifikaciyaga 4 yil qo'shib, jami 5 yilga futboldan chetlatilib, unga nisbatan 50 million jarima qo'llangandi.

Ilhom Mo'minjonov intervyu davomida kuni kecha PFL bosh direktori Omon G'ofurovning matbuot chiqish qilib, Ilhom Mo'minjonovning kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgani bo'yicha 100% dalil isbotlari borligi va totalizator o'yinida ishtirok etgani haqidagi gaplarini buhton ekanligini takidladi va o'z etirozlarini bildirdi.

Mo'minjonov O'FA kelishilgan o'yinlarni aniqlash masalasidagi ishi davomida Mo'minjonovning aybsiz ekanligini isbotlovchi hujjatlarini ko'rib ham chiqmagani, advokatlarini eshitmagani, shaxsiy adovakti bor futbolchilarni gaplariga quloq solib uni futboldan chetlatib yuborgani haqida gapiradi.


Ilhom Mo'minjonov intervyu davomida quyidagi mavzular haqida ochiq-oydin gapirdi:


- O'FAni sudga bergani

- PFL bosh direktori Omon G'ofurovning unga nisbatan aytgan bo'htonlari

- SHaxsiy adovati bor futbolchilar ko'rsatmasi

- O'FA kelishilgan deya aniqlagan va qaysi o'yin ekanligi yashirilgan o'yinlar  qaysi ekanligini oshkor qildi

- Aziz Turg'unboev transfer mashmashasi va futbolchi "Paxtakor"da o'tmoqchi bo'lgani

- "Navbahor"dan nega ketgani

- Unga nisbatan ko'rsatma bergan futbolchi totalizator o'yinida ishtirok etgani kuni kecha malum bo'lgani va uni Pro-liga klubi chetlatgani

- "Surxon" jamoasi bilan bog'liq mavzu

- Tez orada advokatlari chiqish qilishi va hokazo


Takidlab o'tish kerakki, saytimiz tahririyati mazkur masala yuzasidan ikkinchi tomon, yani O'FAni yoki PFL bosh direktori Omon G'ofurovni ham eshitishga ham tayyor.


TAS-IX


 


TAS-IX emas



Reyting: +74   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика