So’nggi yangiliklar

14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  4 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  3 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  7 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  3 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  14 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  2 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  2 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11

Ilhom Mo'minjonov: “Taktik sxemani o'zgartirganimiz ish berdi” Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: “Taktik sxemani o'zgartirganimiz ish berdi”

“Navbahor” – “Paxtakor” uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi Ilhom MO'MINJONOV jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

- Birinchi navbatda bugungi bayram bilan barcha yurtdoshlarimizni o'zim va klubimiz nomidan tabriklayman. Bevosita o'yin borasida gapiradigan bo'lsam, g'alabamiz muxlislarimiz uchun bo'ldi. Uchrashuvda jamoamizni qo'llab-quvvatlagani o'yingohga kelgan ishqibozlarimizga rahmat aytaman. Birinchi davrada o'z maydonimizda o'tkazilgan uchrashuvlarda ko'p o'yinlarda durang qayd etganimiz va bizni natijalarimizga sabr qilib, murabbiylar shtabiga ishonch bildirishgani uchun minnatdorchilik bildirib o'taman. Keyingi o'yinlarda ham “Navbahor”ni kuchlilar safiga qo'shilishi uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solib, ularni yanada xursand qilishga harakat qilamiz.

- Oston O'runov o'yinga kirishib keta olmagandek taassurot qoldirdi. Oybek Qilichev esa futbolchilarni ko'p aldamoqda. Bu borada Sizning fikringiz qanday?

- Oston O'runov yosh futbolchilardan biri sanaladi. Sekin-asta uni tarbiyalab toblab bormoqda. Futbolchimiz yosh bo'lishiga qaramay maydonda katta xajmdagi ishni amalga oshirdi. Uchrashuvni tahlil qilib chiqqanimizdan keyin ham  Ostonni munosib tarzda to'p surgani aniqlanadi, deb o'ylayman. Oybek Qilichevga borasidagi savolga kelsak, Oybek o'yinni o'z qo'lida ushlab turdi. Aynan uning xatti-harakatlari samarasi o'laroq muhim g'alabani qo'lga kiritdik. To'g'ri, qaysidir vaziyatda Qilichev to'pni o'zida ko'proq ushlab qolgan bo'lishi mumkin.  Lekin uning harakatlari jamoamiz foydasiga ishladi. Bugungi kunda ushbu futbolchimiz mamlakatimizdagi etakchi yarim himoyachilardan biri sanaladi.

- Uchrashuvdan oldingi rejalarni barchasini maydonda amalga oshirishni imkoni bo'ldimi?

- “Paxtakor” jamoasining so'nggi o'yinlarini jiddiy tarzda o'rganib chiqqandik.  Birinchi bo'limda ko'proq raqibga o'ynash imkoniyatini berdik. Tanaffusdan keyin esa boshqa uslubda to'p surishni maqsad qilgandik. Murabbiylarimiz bilan raqibni o'rganish chog'ida shunday to'xtamga kelgandik. “Paxtakor” “Lokomotiv” bilan o'tgan murosasiz o'yinda g'alaba qozongan bo'lsada ikkinchi bo'limning ikkinchi qismini bo'shroq o'tkazgandi. Aynan shundan kelib chiqqan holda taktika tanlagandik. Yordamchim Vladimir Andreev bugun ertalab, “Paxtakor” o'yinini o'rganib chiqib boshqacha taktik uslubda to'p surishimizni maslahat berdi. Agarda etibor bergan bo'lsangiz, 23-turga qadar 4-2-3-1 taktik sxemasi asosida o'ynab kelayotgandik. Bugun esa 4-1-4-1 taktik sxemasini qo'lladik. O'yin uslubini o'zgartirganimiz va futbolchilarimiz o'z oldilariga qo'yilgan vazifani munosib tarzda bajarganliklari sababli g'alabaga erishib, namanganlik muxlislar oldida yuzimiz yorug' bo'ldi.


"Navbahor" matbuot xizmati.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика