So’nggi yangiliklar

17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  3 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  3 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  1 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  0 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0 15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  2 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  8 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  1 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  16 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  4 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  8 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  15 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  4

Ilhom Mo'minjonov: “O'zgarishlar o'z samarasini berdi” Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: “O'zgarishlar o'z samarasini berdi”

“Navbahor” – “Qizilqum” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumaning ikkinchi qismida “Navbahor” bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov va jamoa yarim himoyachisi Oston O'runov ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob berishdi.

Ilhom Mo'minjonov (“Navbahor” bosh murabbiyi): - Avvalo, jamoamiz muxlislarini qiyin g'alaba bilan tabriklayman. SHogirdlarim ko'rsatmalarimni to'liq ravishda bajarishdi. Tarkibimizdagi asosiy 3 nafar futbolchimizning yo'qligini bildirishmadi va o'z irodalarini namoyish etib, g'alaba qozonishga muvaffaq bo'lishdi.

O'rinbosarlar tarkibidan mahalliy futbolchilarni asosiy tarkibga jalb etish borasida to'xtaladigan bo'lsam, yoshlar jamoamizning o'z murabbiyi bor – SHuhrat aka Qoraboev. Biz bu mutaxassisga to'liq ishonamiz. SHuhrat aka yosh futbolchilarni tarbiyalab, asosiy tarkibga etkazib bermoqda va yoshlar tarkibidan yangi o'yinchilar 2-davrada va kelasi yili sekin-asta asosiy tarkibdan joy olishadi, degan umiddaman.

Biz har bir uchrashuvda raqibga va o'yinning qanday kechishiga qarab, tarkibda o'zgarishlarni amalga oshiramiz. Jizzaxdagi o'yinda o'zgarishlar o'z samarasini bermagan, aksincha, 14 daqiqa ichida o'z darvozamizdan 3ta to'p olib chiqqandik. Bugungi bahsda esa o'zgarishlar o'z samarasini berdi.

Hozircha shu tarkib bilan transfer oynasi ochilguncha o'ynab turamiz va u yog'ini vaqt ko'rsatadi. Albatta, izlanishda va ishlashda davom etamiz va safardagi kuchli raqiblarga qarshi kechadigan bahslarda ham zafar quchib, muxlislarni xursand etishga intilamiz. Oston O'runov 17 yoshda va uning yorqin o'yinlari  hali oldinda, Xudo xohlasa!

Oston O'runov (“Navbahor” yarim himoyachisi): - Bugungi o'yinda murabbiylarimizning ko'rsatmalariga to'liq amal qilgan holda, zafar quchib, muxlislarimizni xursand etdik.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика