Ilhom Mo'minjonov O'zbekistonda barqaror o'ynaydigan jamoa yo'qligini aytdi
09 iyu 2018 01:47
Yangiliklar
Ilhom Mo'minjonov O'zbekistonda barqaror o'ynaydigan jamoa yo'qligini aytdi
Superliganing 16-tur doirasidagi "Nasaf"ga qarshi o'yindan so'ng namanganliklar ustozi Ilhom Mo'minjonov jamoasi yomon o'ynaganini tan oldi.
"Nasaf" klubi rasmiy sayti Ilhom Mo'minjonovning fikrlarini chop etdi.
"Bugun unchalik ham zo'r o'ynamasdan bir ochko oldik. O'yindan ko'nglim to'lmadi. Bizda mudom barqaror o'ynaydigan jamoa deyarli yo'q. SHu sababdan ham jamoalarimiz bazan zo'r o'ynab, keyin biroz barqarorlikni yo'qotib qo'yishadi. “Navbahor” ham shu sababli bugun o'z o'yinini ko'rsata olmadi. Balki tanaffusdan keyin birinchi o'yin bo'lganiga o'yinimiz qovushmagandir. Tarkibga yangi qo'shilgan legioner va mahalliy futbolchilar hali mavsumning hal qiluvchi o'yinlarida jamoamizga naf keltirishlariga umid qilaman", - deydi Ilhom Mo'minjonov.
Fikrlar