So’nggi yangiliklar

01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  0 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  6 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  2 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  5 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  11 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  3 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5

Ilhom Mo'minjonov: "Neftchi"da katta o'zgarishlar yaqin, 2-3 kun ichida Evropadan mutaxassislar jamoaga qo'shiladi" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Neftchi"da katta o'zgarishlar yaqin, 2-3 kun ichida Evropadan mutaxassislar jamoaga qo'shiladi"

Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Neftchi" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.





O'yin haqida

- Bugungi natija bilan jamoamiz azolarini, farg'onalik futbol muxlislarini tabriklayman. Vodiy derbisida ochko olishga erishdik, natijadan xursandmiz. Qiyin o'yin bo'lishini bilardik, "Navbahor" hozirgi kunda yaxshi shakllangan jamoa. Bu erda yuqori darajadagi murabbiylar va futbolchilar bor.

Afsus, bizda yana jarohat va qizil kartochka bo'ldi. Hozirda yo'qotishlarimiz ko'p, bor futbolchilar bilan navbatdagi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz.

- "Neftchi"ga nimadir etishmayotgandek ko'rinmoqda. Jamoadan Anvar Soliev va Andreevlar ketishdi. Bu ichki muhit muammosi bilan bog'liqmi?

- To'g'ri, bizda hujum chizig'ida muammolar bor. Bugungi o'yinga juda boshqacha tayyorgarlik ko'rgandik. "Navbahor" ishtirokidagi o'yinlarni o'rganib chiqdik. Jamoa pozicion hujumdan shu vaqtgacha bitta gol kiritgan, qolgan gollar esa standart vaziyatlar natijasida urilgan edi. Biz tayyorgarlik doirasida ko'proq standart vaziyatlar bo'yicha ishladik. 

Murabbiylar shtabida o'zgarishlar borligi rost. Yangilik sifatida aytishim mumkin, murabbiylar shtabini almashtirayapmiz. SHu ikki-uch kun ichida Evropadan yordamchi murabbiylar kelib jamoamizga qo'shilishadi. Rahbariyat kecha muzokalarni yakunladi. Ular menga yaqindan yordam berishadi. Yordamchi murabbiylar o'rnini Evropadan taklif etiladigan mutaxassislar bilan to'ldiramiz. Rahbariyatning ishonchidan xursandman. Ikkinchi davradan tarkibimiz ham kuchayadi. Legionerlardan voz kechamiz, ayni vaqtda bir qator kuchli futbolchilar bilan muzokaralar olib borayapmiz. SHarich va Stoykovichlarga shu kunlarda javob beramiz.

- "Navbahor"ning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Aytib o'tdim, "Navbahor" hozirgi kunda juda kuchli jamoa. Mutaxassislar va futbolchilar juda kuchli. Bir vaqtlar menga yordam bergan mutaxassis hozir "Navbahor"ga yordam bermoqda. Jamoa yuqori o'rinlarni egallaydi deb o'ylayman.

- Jamoangizning bugungi natijasidan qoniqdizmi?

- "Navbahor"ning ayni damdagi mavqeidan kelib chiqsak qoniqarli natija. Ular standart vaziyatlardan kuchli ekanini bilardik. Ularga o'yin davomida 2 ta imkoniyat bo'ldi. 

- Akbar To'raev o'yin boshidanoq o'yin cho'zishga intildi. Buni qanday izohlaysiz?

- O'yinni cho'zish ham bu bir mahorat. Darvozabon to'p o'tkazib yubormadimi, demak bizda 1 ochko naqd bo'ladi. Futbolchilar maydonda o'yin emociyasidan kelib chiqib harakat qiladi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика