So’nggi yangiliklar

17:11Фарҳод Нишонов: "Футболчиларим Мессининг олдида "Мессини ёқиб олишди"  1 17:06Ўзбекистон U-20 терма жамоасининг Аргентинага қарши иккинчи ўйин учун асосий таркиби маълум  0 16:22"Ювентус" "Порту"дан ижарага олинган Консейсау бўйича қарор қабул қилди  0 15:55Эдегор қачон сафга қайтади?  0 15:25"Милан" юлдузи ўзига янги клуб танлади  0 14:58Холанд 2025 йилнинг ёзида испан клубига ўтишга тайёр  1 13:50АҚШ терма жамоаси Почеттино қўл остидаги илк ўйинда ғалаба қозонди  2 13:21Инсайдер Романо Гюлернинг режалари ҳақида гапирди  0 12:48Мухтор Қурбонов: "БАА билан уйда ўйнаётганимизни илк дақиқалардан кўрсатишимиз керак"  1 12:27Ямалнинг жароҳати жиддийми?  4 11:53Подольски 39 ёшида фаолиятини якунлади. Хайрлашув ўйини Кёльнда 50 000 мухлис қаршисида бўлиб ўтди  7 11:20"Ювентус" ёзда Влаховични сотиши мумкин, нега?  0 10:50Баҳром Ҳайдаров: "Биринчи навбатда узоқ кутилган ғалаба билан барчани табриклайман"  0 10:16Ҳарри Магуайр қишда жамоани тарк этaди. МЮ футболчига нарх қўйди  7 09:44Алексей Евстафеев: "Бундай учрашувларда мағлуб бўлиб аламли"  3

Ilhom Mo'minjonov: "Kuchli raqibni mag'lubiyatga uchrata oldik" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Kuchli raqibni mag'lubiyatga uchrata oldik"

Kecha Superliga 19-turi doirasidagi “Navbahor” - “Paxtakor” (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Ilhom Mo'minjonov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- "Bugungi g'alaba bilan stadionga tashrif buyurgan 20 ming nafar muxlis, shuningdek, o'tgan turda  “Bunyodkor” bilan o'tkazilgan safardagi uchrashuvga borgan barcha ishqibozlarimizni tabriklayman. Bugun muxlislarimiz duosi, qolaversa, shogirdlarim ko'rsatmani to'liq bajarib agressiv futbol namoyish etganimiz uchun chiroyli g'alabaga erishdik. Biz murabbiylar shtabi bilan o'yinning kechishiga qarab va uni kuchaytirish maqsadida zaxiradan futbolchilarni sal kechroq maydonga tushirdik".

- "Azizbek Turg'unboev jarohat olgani bois 29-daqiqada almashtirishga majbur bo'ldik. Bu biz uchun jiddiy yo'qotish bo'ldi. Uning jarohati qanday darajada ekanligi hozircha nomalum. Ertaga tibbiy ko'rikdan so'ng, uning jarohati qanchalik ekani malum bo'ladi". 

- "Bugun darvozaga Dilshod Hamroevni qo'yganimiz irim bilan bog'liq emas. Akbar To'raev tajribali darvozabon va qatorasiga 4ta o'yinda darvozani qo'riqladi. Mazkur bahsdan oldin Dilshod Hamroevning darvozada turishga tayyorligini sezdik. Darvozabonlar murabbiylari SHavkat Abduxo'jaev Hamroevning o'yinga tayyor ekanini aytdi va shu sababli darvozani Dilshod qo'riqladi. Endi keyingi o'yinda qaysi posbon qo'riqlashini bilmayman. Bugun Hamroev o'z darvozasi daxlsizligini saqladi va “quruq” seriyasi davom etsa, yana turishi mumkin. Murabbiylarda shunday odat bor".

- "Botirali Ergashevning jarohati bor. U kelasi haftadan U-23 terma jamoasi yig'iniga qo'shiladi. Hozir Ergashevning holati yaxshi. Endi u Osiyo o'yinlaridan keyin jamoamizga yordam beradi. Biz yigitlar bilan mazkur uchrashuvga tayyorgarlik jarayonida “Paxtakor” ishtirokidagi o'yinlarni tahlil qilib chiqqandik. Jamoaning ojiz joyi yo'q. “sherlar”ning har bir chizig'ida kuchli va individual mahoratga ega futbolchilar yig'ilgan. Biz shunga yarasha taktika tanlab, shunday raqibni mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'ldik".

Darko Stanoevich (“Navbahor” himoyachisi): - Albatta, bugungi raqibimiz kuchli va ayni paytda turnir jadvali peshqadami edi. Biz bo'lajak uchrashuvga shunga yarasha tayyorgarlik ko'rdik va yakunda g'alaba qozondik. Menimcha, mazkur uchrashuvni televizor orqali va stadionda tomosha qilgan muxlislarga o'yin manzur keldi". 

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика