So’nggi yangiliklar

11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  0 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  1 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчилар билан шартнома имзолаши мумкин  6 08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  6 08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  1 07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  4 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  14 01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  2 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  15 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  7 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  6 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0

Ilhom Mo'minjonov: "Istefo? Muxlislarga natija kerak" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Istefo? Muxlislarga natija kerak"

Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Neftchi" – "Lokomotiv" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Ilhom Mo'minjonov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




- O'yin haqida

- Nima ham deyish mumkin? Omadsizliklar davom etmoqda. Jamoa "chuqurlik"ka tushib qolgan. Bu o'z-o'zidan yigitlarga tasir qilmoqda. Bugun o'yinimiz chiqmadi. 

Doimgidek standart vaziyatda himoyachilarning qo'pol xatosi evaziga gol o'tkazib yubordik. Oldingi chiziqda hech narsa qilolmayapmiz. 

Hujumchilar bilan mashg'ulotlarda ishlayapmiz. Ko'proq ishlashimiz kerak. 4 kundan keyin  "Olimpik" bilan o'ynaymiz. Yigitlar qanday ahvolda ekanligimizni bilib turishibdi. Buyog'iga vaqt ko'rsatadi.

- Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o'yinni kuchaytira olishmayapti...

- Ko'ryapsiz, zaxiramiz katta emas. 2-3 turdan beri shu muammo. Bugun yoshlarni tushirdik, chunki zaxirada sifatli futbolchilarimiz yo'q. Ko'pi jarohat olgan. Ishlashda davom etamiz. 

- Muxlislar, qolaversa, ijtimoiy tarmoqlarda sizning istefongiz haqida gapirishmoqda. Bunga qanday munosabat bildirasiz? 

- Muxlislarga natija kerak. Har bir jamoada shunday. Oldinda o'yinlarimiz bor. G'alaba qozonmagunimizcha ishlayveramiz.

Reyting: -24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика