So’nggi yangiliklar

11:28Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди  5 11:05"Насаф" катта устунликка эга бўлиб, "Машъал"га мағлуб бўлган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  2 10:41Эрлинг Холанд офсайдлар ҳақида фикр билдирди  3 10:12Антуан Гризманн Лионель Мессининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 09:43Роналду кечаги ғалабадан сўнг қисқа фикр билдирди  5 09:20Суперлига. "Насаф" – "Машъал" 1:2  2 09:15Sofascore. Ўсмирлар терма жамоамизнинг биринчи тур қаҳрамони энг паст баҳога лойиқ кўрилди  1 08:47"Динамо" Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:16МЛС. Мессининг дубл қайд этган баҳсда "Интер Майами" йирик ғалабани қўлга киритди  15 08:00Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  4 07:34Пролига. Бугун Суперлига йўлланмасига эга чиқадиган жамоа аниқ бўлади  5 04:19U-17 ЖЧ. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0 04:01Мўминхон Баходирхонов: "Агар Ирландия ўз кучи билан ютган бўлса, ҳали улар билан кўришамиз"  5 03:00АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 02:57А Серия. Турин дербисида ҳисоб очилмади, "Милан" меҳмонда ғалабани қўлдан чиқарди  1

Ilhom Mo'minjonov: "Futbolchi o'zi harakat qilmasa, uning familiyasi bir tiyin" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Futbolchi o'zi harakat qilmasa, uning familiyasi bir tiyin"

Teglar :  Ilhom Mo'minjonov
O'zbekiston kubogi guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Neftchi" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugungi o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Biz har bir o'yinga jiddiy yondashamiz. CHempionatdagi omadsiz seriya kubok uchrashuvlarida ham takrorlanib qoldi. SHundan kelib chiqib xulosa qilamiz. Darvozabonimizning qo'pol xatosi birinchi golga sabab bo'ldi. Ikkinchi gol standart vaziyatdan urildi. Keyin maydonda 10 kishi bo'lib qoldik. Har tomonlama xulosa qilgan xolda Superliga 5-turiga tayyorgarlik ko'ramiz. "Navbahor"ni g'alaba bilan tabriklaymiz. Endi bor etiborimizni chempionat o'yinlariga qaratamiz.

- "Navbahor" siz uchun qadrdon klub hisoblanadi. Qachondir "Navbahor"ga qaytish rejangizda bormi? Keyin bugungi mag'lubiyatga himoyaviy o'yin sabab bo'ldi deb o'ylaysizmi? 

- SHiddatli o'yin vodiy derbisida kuzatilishi aniq edi. Dastlabki daqiqalarni yaxshi boshladik. Keyinroq raqib o'yinni o'zi tomonga bura oldi va kuchli hujumlar tashkil etdi. Xatolar ustida ishlaymiz. Bizda yo'qotishlar bor.

"Navbahor"ga qaytish haqidagi savolingizga kelsak, er dumaloq, balki bir kun kelib amalga oshar. Lekin hozir faqat "Neftchi" haqida o'ylashim lozim. Superligaga jamoani olib chiqdik, endilikda rahbariyat oldimizga qo'ygan vazifalarni bajarish uchun harakat qilishda davom etamiz.

- Abbos G'ulomov qanotlarda foydaliroq harakat qilardi. Siz uni markazda o'ynatayotganingizga sabab nima?

- Markazda Lutfulla To'raev jarohati tufayli muammo bor edi. SHu sababdan uni markazga qo'ydik. Qanotlarda futbolchilarimiz bor. U hozir Aleksandr Eshichdan ko'ra ham markazda yaxshi o'yin namoyish etmoqda. Doniyor Narzullaev, Umar Adhamzoda kabi futbolchilarimizda ham jarohat bor.

- Hujum chizig'ida barqarorlik etishmayotgandek tuyulmoqda. Bunga nima sabab deb o'ylaysiz?

- Hujum chizig'ida nomdor futbolchilar bor. Hozirgi futbolda natijani familiyalar hal qilmaydi. Biz mashg'ulotlarda bu bo'yicha ishlayapmiz. Muammo ularning o'zida. Bugungi o'yindan so'ng ular yana xulosa qilishadi. Futbolchining o'zi ishlamasa, uning familiyasi bir tiyin. Ular harakat qilishmoqda, natija berishiga umid qilamiz. "Qizilqum" bilan ham yomon o'ynamagandik, to'p nazorati biz tomonda bo'lgandi. Lekin gol ura olmadik. 4 ta turdan so'ng 2 ta gol urganmiz, ular ham penaltidan. Kubokda 2 ta gol urdik, bu kam. Biz murabbiylar bu kabi xatolarni bartaraf etish uchun ishlaymiz.

- Mavsumoldi intervyularingizdan birida birinchi turda "Navbahor"ga qarshi o'ynashni aytgandingiz. Buning sababi nima? 

- Bu savolni berganingiz yaxshi bo'ldi. Bu gapni "Neftchi" bilan o'yinda stadion to'lishi uchun aytgandim, lekin to'lmadi. Baribir 2 mingdan ziyod muxlis keldi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика