So’nggi yangiliklar

01:19МЛС клублари лигага Неймар келишини хоҳлашмаяпти, улар бразилияликни "бош оғриғи" сифатида кўришмоқда  1 00:46Родриго “Реал”даги ролидан тобора норози бўлмоқда ва январда клубни тарк этиши мумкин  0 00:15Туркияда 1000 дан ортиқ футболчи қимор можароси сабабли четлатилди. Рўйхатда "Галатасарой" ва "Бешиктош" ўйинчилари ҳам бор  2 23:35Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" 1:0  0 23:24Ўзбекистон терма жамоасининг Дубайдаги машғулоти  2 22:57 8 та ўйиндан бери ғалаба қозона олмаётган "Аталанта" Юрични ишдан бўшатди  3 22:04Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг расмий машғулоти  5 21:15Февзи Давлетов: "Рустам Турдимуродов жамоада қоладими? Тўғриси, бу саволга жавоб бериш мен учун қийин"  5 21:00Асрор Алиқулов: "Оддий вазиятда хатога йўл қўйиб гол ўтказиб юбордик"  0 20:42Месси "Камп Ноу"га келиб, стадионга кириш учун шахсан рухсат сўради  12 20:02Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Шўртан"дан устун келди  16 19:50"Галатасарой" президенти Месси билан боғлиқ миш-мишлар ҳақида: "Биз бундай музокаралар олиб бориш мумкин бўлган даражага етдик"  5 19:21"Реал" Винисиус билан янги шартнома бўйича музокараларни тўхтатди  5 18:52Тимур Кападзе: "Мухлисларга доимий қўллаб-қувватлов, энергия ва жамоага бўлган ишончи учун катта раҳмат!"  22 18:35Puma Африка Миллатлар Кубоги тўпини тақдим этди  0

Ilhom Mo'mijonov: "Hakam Abror Ismoilovga haqli ravishda qizil kartochka ko'rsatdi" Yangiliklar

Ilhom Mo'mijonov: "Hakam Abror Ismoilovga haqli ravishda qizil kartochka ko'rsatdi"

Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Neftchi" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov matbuot anjumanida qatnashdi.

"Paxtakor"ning oxirgi 2ta uchrashuvini o'rganib chiqqan holda jiddiy tayyorgarlik ko'rgan edik. Maqsadimiz qarshi hujumda vaziyatlar yaratib gol urish edi. O'yinimiz 15 daqiqalikda yaxshi chiqdi. Keyin esa qizil kartochka. "Paxtakor" maydonida bir kishi kam bo'lib o'ynash qiyin",- deydi Ilhom Mo'minjonov.

- Abror Ismoilov qizil kartochka olishda necha foiz o'zining aybi bor?

- Birinchi bo'limdan keyin ko'rib chiqdik. Hakam haqqoniy tarzda qizil kartochka ko'rsatdi. 

- Qizil kartochka o'yinga tayyorlangan rejalarni qanchalik o'zgartirib yubordi?

- Agar ahamiyat bersangiz markazdagi futbolchimizni yo'qotganimizga qaramasdan sxemamizni o'zgartirmadik. Himoyaviy o'yin qilishda davom etdik. Qizildan so'ng birinchi zonadayoq himoyalanishni boshladik, deya olaman. Ikkinchi zonada kuchimiz etmasdi. "Paxtakor"ning shu kungacha urgan gollarida hammasida qanotdan uzatma bo'lgan. Diqqatni yo'qotib gol o'tkazib yubordik. Baribir havotirim o'rinli bo'lib chiqdi. Qanotdan uzatilgan to'p darvozamizdan joy oldi. Murabbiyning yaxshi o'ylangan taktikasi ekan. 

- Agar qizil kartochka bo'lmaganida natija qanday ko'rinish olardi?

- G'alaba uchun o'ynardik. "Paxtakor"ning oldingi chizig'i raqibga pozicion hujum qilishga beryapti. Avvalgi "Paxtakor" yuqori pressing bilan harakat qilardi. Pozicion hujumda o'ylaganlarimiz o'xshamadi. Xavfli vaziyatlar o'zi kam bo'ldi. 

Futbolchilar vazifalarimni bajarishdi. Ikkinchi zonada raqibni qabul qilar ekanmiz qarshi hujumga chiqmaymiz. Agarda yanada orqaroqda o'ynasak qarshi hujumga chiqishimiz mumkin edi. Raqib ikkinchi zonada to'p yo'qotsa pressing qilmaydi. Biz ham oddiy jamoa emasmiz. Jamoa gol ursa yutadi yoki durang o'ynaydi. Navbatdagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'ramiz. 

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика