So’nggi yangiliklar

02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  4 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  1 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  4 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  4 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  4 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  21 21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  1 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  2 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  16 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  1

Ilhom Abdug'aniev bu mavsumda nechta gol urishni maqsad qilgan? Yangiliklar

Ilhom Abdug'aniev bu mavsumda nechta gol urishni maqsad qilgan?

Teglar :  FutzalOliy liga
Futzal bo'yicha Oliy liganing 3-tur uchrashuvlari davom etmoqda.

Xususan, “Neftchi” – “Metallurg” (7:6) uchrashuvi gollarga boy kechdi. Uchrashuvdan so'ng farg'onaliklar safida ikkita gol urishga muvaffaq bo'lgan Ilhom Abdug'aniev bilan suhbatlashdik. 

“Metallurg” bilan bahsda to'g'risida

“Bugun juda  qiyin o'yinni o'tkazdik. Kechagi kungi mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqardik hamda “Metallurg”ga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. O'z navbatida bekobodliklar ham kecha og'ir o'yin o'tkazganligi bugungi bahsda sezilib qoldi. Bir so'z bilan aytganda, qiziqarli bahs bo'ldi.  

Qo'lga kiritilgan g'alaba haqida

“Jamoamiz o'z imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalana oldi. Qolaversa, muvaffaqiyat yo'lida kuchli shijoat ko'rsatdi. Bu esa bizning g'alabamizni taminlab berdi. 

“Maksam-CHirchiq”dan uchralgan mag'lubiyat borasida

“Mazkur o'yinda ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. Qolaversa, yuzaga kelgan golli imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Birinchi bo'limda raqibimiz qarshi hujumlardan to'g'ri foydalandi. Odatda, birinchi o'yin qiyin bo'ladi. Bu safar ham xuddi shunday holat kuzatildi. 

Maqsadlari to'g'risida

“Har bir o'yinda gollar urishga va jamoamga yordam berishga harakat qilmoqdaman. Bu mavsumda o'z oldimga 25tadan ko'proq gol urishni oliy maqsad qilganman. CHempionat yakuniga qadar buni amalga oshirmoqchiman.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика