So’nggi yangiliklar

10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  0 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  1 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  12 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  8 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  2 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  1 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  2 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  3 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  5 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0

Ildar Mamatkazin: "Navbahor" bilan zo'r final bo'ladi. Muxlislar? Yaxshisi "Bobur Arena"ga keling" Yangiliklar

Ildar Mamatkazin: "Navbahor" bilan zo'r final bo'ladi. Muxlislar? Yaxshisi "Bobur Arena"ga keling"

"Andijon" jamoasi kecha O'zbekiston kubogi yarim final doirasida maydonga chiqdi.

"Surxon" raqib bo'lgan bahsda "burgutlar" penaltilar seriyasida g'olib chiqdi va o'z tarixida ilk bor mamlakat kubogi finaliga chiqdi. Mazkur bellashuvdan so'ng jamoa sardori Ildar Mamatkazin fikrlarini bildirib o'tdi. 

- "Surxon" bilan to'qnashuvdan keyingi hissiyotlar qanday? O'yin taassurotlari bilan o'rtoqlashsangiz... 
- Ochig'i, bu hissiyotlarni so'z bilan tariflash qiyin.  Andijon tarixida birinchi marotaba O'zbekiston kubogi finaliga chiqdik. O'yinga kelsak, kurash ko'p bo'ldi. Omad esa bizga kulib boqdi.

- "Andijon" ikkinchi davrada hali g'alaba qozonmagan, ruhiy inqirozda edi. Jamoa bu vaziyatdan qanday chiqib ketdi? 
- Ha, mavsumning ikkinchi qismini omadsiz boshladik. Ketma-ket mag'lubiyatlar ruhiy jihatdan tasirini o'tkazayotgandi. Bunday pallada bitta g'alaba kerak, xolos. "Surxon" ustidan g'alaba esa ayni muddao bo'ldi. Endi o'zimizga bo'lgan ishonch qaytadi deb o'ylayman.


- Jamoa sardori sifatida penaltilar seriyasida ichingizdan nimalar o'tdi? 
- Penalti lotoreya degani. Oldindan aniq ayta olmaysiz. Ko'p narsa omadga bog'liq. Qiyin va masuliyatli pallada bir-birimizni qo'llab-quvvatladik. Ichimizda g'alaba qozonishimizga ishonch yuqori edi.

- "Andijon" finalda ham tarixni davom ettiradimi? Raqib esa "Navbahor"... 
- Yangi tarix yozish uchun yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz. Final juda qiziq va zo'r o'tadi. Birinchidan final, ikkinchidan vodiy derbisi maqomi bosh planda turadi.

- Ikki frontda ikki xil natija. Bor etibor kubokka qaratilganmi?
- Yo'q, o'zimiz ishtirok etayotgan ikki musobaqaga ham etiborni birdek qaratganmiz. Endi Superligadagi natijalarni yaxshilashimiz kerak. Bundan buyon hammasi yaxshi bo'ladi deb o'ylayman. 

- Muxlislik haqida gapirmasangiz bo'lmaydi...
- To'g'ri aytdingiz. Bizning muxlislar birinchi raqamli. O'yin paytida shunchaki ajoyib atmosfera bo'ladi. Bunday muhitda o'ynash bizga katta kuch beradi. To'g'risi so'z topolmadim. Undan ko'ra sizni "Bobur Arena"ga taklif qilaman. Yaxshisi o'zingiz guvoh bo'lasiz.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика