So’nggi yangiliklar

21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  0 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  0 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  2 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  0 20:28Пьер-Эмерик Обамеянг: "Бу жуда катта хато бўлганди"  1 19:57АҚШ ФИФАга Кеннеди марказини 2026 йилги ЖЧ қуръаси учун бепул тақдим этади  0 19:34"Бавария" Меньян учун "Челси" билан рақобатлашади  1 19:07Интизом — энг муҳими. Аморим МЮда қатъий қоида жорий қилди  0 18:41Қозоғистон клублари Левченко, Абрамов ва Кападзега қизиқмоқда  17 18:14Салоҳ етакчилигидаги Миср Ўзбекистон билан ўйинга тайёрланмоқда  11 17:52Расман: Манчини Қатар клубида иш бошлади  1 17:30Франция бугун масалани ҳал қила оладими ва Грузиянинг сўнгги имкони! Барчаси терма жамоаларнинг топ ўйинлари ҳақида  0 17:10Мисрлик журналист: "Ўзбекистонга қарши учрашув Африка Кубоги учун услубни синовдан ўтказиш имконияти дегани. Салоҳ Месси эмас"  2 16:46"Реал" стадиони номига ўзгартириш киритди  8 16:20Кристенсен: "Умид қиламанки, "Барселона"да қоламан. Менда Б режа йўқ"  1

Ildar Mamatkazin: "Maqsadimiz mavsumni kuchli beshlikda yakunlash" Yangiliklar

Ildar Mamatkazin: "Maqsadimiz mavsumni kuchli beshlikda yakunlash"

Joriy yilda avvalgi ishtirok etgan mavsumlariga nisbatan Superligada ancha dadil harakat qilayotgan "Andijon" o'z maydonida "Paxtakor"ni qabul qiladi.

Etakchi jamoalarning "Andijon"dan ochko olishi hamma o'ylagandek oson kechmayapti. Xuddi shunday "Paxtakor"ni ham "Bobur Arena"da o'ta qiyin bahs kutmoqda. Mazkur uchrashuv oldidan "burgutlar" sardori Ildar Mamatkazin fikrlarini bildrib o'tdi. 

Andijon

Rubin Xebay - 84'

Superliga. 21-tur

08/10/2023, 17:00

0
:
1
Tugadi

Paxtakor

45'
90'
67'  Farhod Bekmurodov (Levan Arveladze)
81'  Armin Boshnyak (Farhod Sohibjonov)
81'  Ilhom Abdug’aniev (Suhrob Berdiyev)
81'  Sardor Azimov (Sardor Abdunabiev)
84'  Rubin Xebay
90'  Rubin Xebay (Shahboz Erkinov)
21'  Dostonbek Hamdamov
44'  SHahzod Azmiddinov
66'  Dostonbek Hamdamov (Dilshod Saitov)
84'  Pshemislav Banashak (Behruz Asqarov)
84'  Sardor Sobirxo’jayev (Muhammadali O'rinboyev)

- Superligada har bir o'yinning qiymati va darajasi o'ta yuqori. "Andijon" uchun ham, "Paxtakor" uchun ham ayni paytda g'alaba zarur. SHiddatli kechishi kutilayotgan bellashuvga "Andijon" qanday tayyorlanyapti?

- Uchrashuvga tayyorgarlik yaxshi ketmoqda. Murabbiylar shtabining bu o'yinga ishlab chiqqan rejasi bor. SHu reja bo'yicha hozirlik olib boryapmiz. Umid qilamanki, uchrashuv yakunida ijobiy natija bizniki bo'ladi. Buning uchun mehnat va yana mehnat talab qilinadi. 

- "Burgutlar" mudofaa chizig'ining vakili sifatida aytingchi, raqib safida Turg'unboev, CHeran kabi nomlarning maydonga tushmasligi qanchalik qulaylik tug'diradi?

- "Paxtakor"da nafaqat bu ikki futbolchi balki barcha futbolchilari saviyali va mahoratli hisoblanadi. To'g'ri siz aytgan nomlar jamoaning etakchisi. Ammo ularda jamoaviy o'yin shakllangan. So'nggi uchrashuvlarda kerakli natijaga erisha olmayotgandir. Ammo o'yin taraflama yomon ko'rinmayapti. Barchasiga maydonda guvohi bo'lamiz. 

- "Andijon" o'z maydonida ikkinchi davrada hali mag'lubiyatga uchragani yo'q. Bu bevosita stadiondagi muhit bilan bog'liqmi yoki boshqa sababmi? 

- Uydagi o'yinlarda bizning asosiy qurolimiz muxlislarimiz hisoblanishadi. Maydonda 11 kishi to'p tepsa, 12 o'yinchimiz ulardir. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi har qanday futbolchiga katta kuch beradi va oldinga borishga chorlaydi. Stadiondagi atmosfera esa shunchaki bomba!

- "Andijon" raqibiga qanday sovg'a tayyorlayapti?

- SHu kuni biz muxlislarimizni xursand qilishimiz kerak. Barchamiz birlashib faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz. 

- Jamoa Superligada qolish missiyasini deyarli bajarib bo'lgan va endilikda kuchli beshlikka kirishga harakat qilib ko'radi. Bu navbatdagi o'yinlarda bosimni olib tashlaydimi?

- Maqsadimiz mavsumni kuchli beshlikda yakunlash. Buning uchun qolgan o'yinlarda maksimal ochko to'plashimiz kerak. Bosim har doim bo'lgan. CHunki pastdagi jamoalar bizga yaqinlashib olishi hech gapmas. SHu bois bo'shashishga haqqimiz yo'q.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика