So’nggi yangiliklar

08:02Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор  1 07:32Постекоглуга сўнгги имконият берилди  0 07:10Суперлига. ОКМК – "Қўқон-1912" 0:1   1 01:33"Спорт-Экспресс": Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Дешамдан кўп маош олади  37 01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  1 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  3 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  3 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  2 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  2 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  3 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  6 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4

Ikrom Aliboev: "Raqib oldinga o'tgisi kelmadi, shu bois o'yin shiddatkor kechmadi" Yangiliklar

Ikrom Aliboev: "Raqib oldinga o'tgisi kelmadi, shu bois o'yin shiddatkor kechmadi"

"Lokomotiv"ning "Al Nasr"ga qarshi uchrashuvidan so'ng "temiryo'lchilar" azosi Ikrom Aliboev o'yin haqidagi taassurotlari va tarixiy natija xususida o'z fikrlarini bildirdi.


"Har ikkala jamoani durang natijasi qoniqtirardi. Bir ochko ko'proq bizni qoniqtirardi, chunki guruhdagi peshqadamlikni saqlab qolardik. Ammo ular ham negadir o'ynagisi kelmadi va shu bois uchrashuv shiddatli tus olgani yo'q. Biz g'alaba uchun maydonga tushgandik", - deya gap boshladi Ikrom Aliboev.

- G'alaba ishtiyoqida chiqqandik dedingiz. Ammo "Loko"ning harakatlari ko'proq mag'lub bo'lmaslik uchun o'ynalganga o'xshab qoldi. Stadionga tashrif buyurgan ko'plab muxlislar ham ko'rsatilgan o'yindan norozi bo'lishganini ochiqchasiga oshkor qilishdi...

- Faqatgina g'alabani ko'zlab o'ynadik. SHunchaki raqib katta kuch bilan himoyalanib, oldinga o'tgisi kelmadi. Har xil toifadagi muxlislar bor, ular esa gapiraverishadi.

- Futbol avvalo muxlislar uchun o'ynaladiku... SHaxsan o'zingiz bu o'yinni oddiy ishqiboz sifatida tomosha qilganingizda, uchrashuvdan zavq olgan bo'larmidingiz?

- Futbol albatta muxlislar uchun o'ynaladi. Ammo biz avvalo O'zbekiston sharafini himoya qildik. To'rtta jamoamizdan faqat "Loko" vazifani udallab, keyingi bosqichga chiqdi. Aksincha muxlislarimiz xursand bo'lishlari kerak. Bazi ishqibozlar esa stadionda "pazor" deb baqirishdi...

- "Lokomotiv"ning keyingi o'yinlarida omad tilab qolamiz.

- Rahmat, kelgusi uchrashuvlarda ham ishqibozlarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика