So’nggi yangiliklar

21:25Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  1 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  0 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  7 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0

Ikkita o'yinda 13ta gol, "So'g'diyona" nima qilmoqchi? Yangiliklar

Ikkita o'yinda 13ta gol, "So'g'diyona" nima qilmoqchi?

Yangi mavsum boshlanishiga tobora oz qolyapti. Superligaga qura tashlandi, milliy chempionat 1 martdan boshlanishi aytildi.


Ana endi klublar tayyorgarlikning hal qiluvchi bosqichini boshlashadi. Xabaringiz bor, shu kunlarda bir qator klublar yangi mavsum oldidan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishmoqda. Bundan Jizzaxning "So'g'diyona" klubi ham mustasno emas. 

Ammo jizzaxlik muxlislarni xavotirga solayotgan jihat shuki, jamoa bu yil Superligada o'zini ko'rsata olarmikan? Bunday deyishimizning boisi "So'g'diyona" Toshkentda avvaliga "Paxtakor", keyin "Bunyodkor"ga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazib, ikkala o'yinda o'z darvozasidan oz emas ko'p emas 13 (!) ta gol o'tkazib yubordi. 

Yani, jamoa "Paxtakor"ga 0:7, keyinroq "Bunyodkor"ga 0:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Yaxshi bilasiz, "So'g'diyona" darvozasiga etti bor to'p kiritishning uddasidan chiqqan "Paxtakor" Doxaga borib "Al Garafa"dan 1:2 hisobida mag'lub bo'lib keldi. Natijada jamoa OCHL guruh bosqichiga chiqa olmadi.

Lekin gap hozir bu haqda emas, balki "So'g'diyona"ning holati haqida. PFL bu klubga imkon berib Superligada olib qoldi, lekin erta-indin rasmiy o'yinlar boshlanib qolsa "So'g'diyona" nima qiladi? Superliga nomiga muvofiq super o'yin ko'rsata oladimi? Qolgan 11ta jamoaga etarlicha raqobat qila oladimi?

Aytishimiz mumkin, axir bu o'rtoqlik o'yinlari-ku, vahimaga na hojat. To'g'ri, bu shunchaki mavsumga tayyorgarlikning bir qismi, biroq gap Superliga klubi haqida ketayotganini unutmaylik. Nima bo'lganda ham ikkita o'yinda birortayam gol urmasdan 13ta to'p o'tkazib yuborish "So'g'diyona" uchun g'alati. Bu esa yangi bosh murabbiy Aleksandr Mochinovni ham chuqur o'yga solayotgan bo'lsa ajab emas.

Aytgancha, "So'g'diyona" bu yilgi chempionatni safarda "Paxtakor"ga qarshi bahs bilan boshlaydi.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика