So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  10 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  7 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  31 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

Ikkinchi liga: “Yashnobod”ning navbatdagi yirik g'alabasi Yangiliklar

Ikkinchi liga: “Yashnobod”ning navbatdagi yirik g'alabasi

Futbol bo'yicha Toshkent shahar ikkinchi liga bahslari tobora qizg'in tus olmoqda.

Musobaqaning uchinchi turi doirasida “Yashnobod” futbol klubi mavsumning ilk uy uchrashuvini o'tkazdi. CHempionat uchrashuvlarida raqiblarini “Obod” stadionida qabul qilayotgan yashnobodliklar unda Mirzo Ulug'bek tumanining “Avtomobilist” jamoasini qabul qildi.
O'yin oldidan chempionatning tantanali ochilish marosimi uyushtirildi. So'ngra bahsga start berildi. SHiddatli va hujumkor ruhda kechgan o'yinda Aziz Fayziev shogirdlari raqiblari darvozasiga javobsiz uchta to'p yo'llashdi — 3:0. Gollarni Javlon Primbetov, Soyib Safarov, Rasul SHuhratovlar kiritdi.
SHunday qilib, mavsumda ketma-ket uchinchi g'alabasini nishonlagan “Yashnobod” jamoasi o'z hisobidagi ochkolari osnini 9 taga etkazib, jadvaldagi peshqadamlik mavqeini mustahkamlab oldi. Taqvimga ko'ra, yashnobodliklar to'rtinchi turda safarda to'p suradi. 8 may kuni bo'ladigan bahsda “Yashnobod” futbolchilari “Bunyodkor-B” jamoasi mehmoni bo'lishadi.

HAKAMLAR HUJJATIDAN KO'CHIRMA:
Ikkinchi liga, “V” guruhi
3-tur, 2018 yil 1 may
“Yashnobod” — “Avtomobilist” — 3:0(1:0).
Hakamlar: 
Igor Garmashov, Sanjar Kagarov, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Sardor Najafaliev.
“YASHNOBOD”: Boburjon Haydarov, Firdavs Kenjaev, Yusuf Aliev, Islom Ismoilov, SHokir Beknazarov, Timur Vasilev (s), Toxir Isroilov, Mirjamol Mirzaev, Javlon Primbetov, Azamat Boymatov, Abbos Saidkarimov.
Zaxiradagilar: Hayitmurod Axmatov, Soyib Safarov, Avaz Suyundikov, Bahodir Daminov, Rasul SHuhratov, SHerzod Xo'jayorov, Edem Azimov.
“AVTOMOBILIST”: Igor Samodurov, Jasurbek Hamidjonov, Dilmurodjon Mamaqo'ziev, Vladimir Yanushevskiy (s), Temur Obitov, Ravshan Yakubjonov, Farrux Yo'ldoshev, Baxtiyor Yangiboev, Oybek Mahmudov, SHerzodbek Sodiqjonov, Habibullo Marupov.
Zaxiradagilar: SHuhratilla Xikmatillaev, Nizomiddin Sultonov, Javohirbek Muqumjonov, SHahzod Abdunazarov, Jamshid Jumanov, SHahzod Nematov, Isroiljon Ismoilov.
Gollar:  Javlon Primbetov (45), Soyib Safarov (76), Rasul SHuhratov (82).
CHetlatish: Edem Azimov (85).


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика