Iker Kasilyas: "Del Boskeni "Real"dan ketishi men uchun qattiq zarba bo'lgan"
04 apr 2014 02:36
Yangiliklar


Iker Kasilyas: "Del Boskeni "Real"dan ketishi men uchun qattiq zarba bo'lgan"
"Real" jamoasi posboni Iker Kasilyas jamoaning sobiq bosh murabbiyi Visente Del Boske haqidagi o'z fikrlarini yozgan.
Bizda o'shanda juda ham zo'r jamoa bo'lgan. Del Boske jamoani juda yaxshi boshqargan. Kimdir u paytda har qanday murabbiy bu ishni uddalay olardi deyishi mumkin. Lekin bu unday emas. Biz o'shanda to'rt yil ichida ikki bor Evropada tengsiz bo'lganmiz. Uning "Real"dan ketganligi eshitib boshqacha bo'lgandim. SHu paytda men Alikantaga ish bilan borayotgandim va yo'lda bu haqida eshitib qoldim. Men uchun u bilan birga "Real"ning yarmi ketgandek tuyulgan edi. Bu men uchun qattiq zarba bo'lgan. O'sha yildagi chempionlik menga tatimagandi. U har doim futbolchilarni eyforiyaga berilmaslikka chaqirardi va o'sha darajada ushlab tura olardi. Del Boske menga, futbolchilarga va muxlislarga juda katta yordam bergan.

Fikrlar